Xolmatov Normahammad O'rozovich

Profesor | Tarix fanlari doktori (DsC), professor

O'rta Osiyo arxeologiyasi, Markaziy Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixi, Jahon madaniyati tizimida O'zbekiston arxeologiyasi yutuqlari, Milliy etnologiya fanining shakllanishi va rivoji, Insoniyat ilk jamiyati tarixida innovatsiyalarning ahmiyati va o'rni, O'rta Osiyo tosh va jev davri arxeologiyasi, Markaziy Osiyo tosh va bronza davri moddiy madaniyati, Markaziy Osiyo antik va o'rta asrlar davri moddiy madaniyati, Tarixiy o'lkashunoslik va o'rbanizatsiya jarayonlari.

"1. 2018 yilda M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida doktorlik dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy stajirovka olib borgan.
2. 2020 yilda doktorlik dissertatsiyasini (DSc) O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutida muvaffaqiyatli himoya qilgan.
3. 2019 yildan SamDU huzuridagi PhD.03/30.12.2019. Tar.02.10. raqamli Ilmiy kengashning dastlab ilmiy kotibi, so‘ng a’zosi hisoblanadi.
4. 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “Tarixva arxeologiya fanlari” bo‘yicha Ilmiy-texnik Kengashining a’zosi;
5. 2019 yildan Samarqand davlat universitetida Tarix ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon komissiyasi a’zosi;
6. 2020 yildan Samarqand davlat universiteti doktorantlari, stajyor-tadqqiqotchilari va mustaqil izlanuvchilari faoliyatini monitoring qiluvchi ishchi guruh a’zosi;
7. 2023 yildan “Samarqand davlat universiteti Axborotnomasi” jurnalining ekspert a’zosi;
8. 2023 yil iyul oyida Germaniyaning DAAD granti doirasida Guettengen va Gumboldt universitetlarida ilmiy stajirovka olib borgan.
9. O‘zbek, rus va ingliz (B2 daraja) tillarini biladi."

"1978-1983 y.y. — Samarqand Davlat universiteti tarix fakulteti talabasi.
1983-1987 y.- Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasining laboranti.
1987-1988 y.y.-Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasining stajor-tadqiqotchisi.
1988-1991 y.y.- Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasining ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi aspiranti.
1991-1993 y.y- Samarqand Davlat universiteti arxeologiya kafedrasining o‘qituvchisi.
1993-1995 y.y. Samarqand Davlat universiteti arxeologiya kafedrasining shartnoma asosidagi assistenti.
1995-2000-y.y.- shartnoma asosida Samarqand Davlat universiteti arxeologiya kafedrasiga dotsent lavozimiga o‘tkazilgan.
2000- 2005y.y.- Samarqand Davlat universiteti arxeologiya kafedrasiga dotsent lavozimiga tanlovdan o‘tgan va shartnoma tuzgan.
2005 y- Samarqand Davlat universiteti Tarix-falsafa fakulteti dekan o‘rinbosari.
2006-2011y.y.- Samarqand Davlat universiteti Tarix-falsafa fakulteti Arxeologiya kafedrasi dotsenti lavozimiga tanlovdan o‘tgan va kontrakt tuzgan
2011y- Tanlovdan o‘tgan va kontrakt tuzgan deb, Samarqand Davlat universiteti Tarix-falsafa fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasining mudiri.
2011y-2013y.y. Arxeologiya, qadimgi dunyo tarixi va etnografiya kafedrasiga dotsenti lavozimiga o‘tkazildi (27.09.2011y. 105-PK-sonli buyruq).
2013-2016 y.y.- Samarqand Davlat universiteti Tarix-falsafa fakulteti Arxeologiya kafedrasi dotsent lavozimiga tanlovdan o‘tgan va kontrakt tuzgan.
2016-2018 y.y.- Samarqand Davlat universiteti Tarix-falsafa fakulteti dekani.
2018-2022y.y. Samarqand Davlat universiteti arxeologiya kafedrasi mudiri.
2022 y. va h.v. Samarqand Davlat universiteti Tarix fakulteti arxeologiya kafedrasining professori."

Xolmatov Nurmahammad O’rozovich-arxeolog-olim. O’zbekiston hududi kishilik tarixi tosh asrining mezolit -neolit davrlari jamoalarining moddiy madaniyati tarixi tadqiqoti bilan shug’ullanadi. Xususan, O’rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog’ tizmasi shimoliy yon bag’rida 30 ga yaqin yodgorliklarni arxeologik xaritaga olib, shulardan 10 ga yaqin makonda bevosita qazilma ishlarini amalga oshirgan va katta hajmdagi asori-atiqalar to’plashga erishgan. Ushbu materiallar asosida O’zbekston arxeologiyasi rivojida Sazog’on neolit madaniyatini ajratib,uni ilmiy asoslab fanga kiritgan.

1. New Rock Arts of Nurata Mountains-Palarchs Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology 17(7). ISSN 1567-214x. 2. Features and Genesis of Neolithic Cultures of Central Asia-Palarch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology 17(6). ISSN 1567-214x.