Samarqand davlat  universitetida faoliyat yurituvchi xodimning yillik dekloratsiyani to‘ldirish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvini mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risidagi


A R I Z A

 

F.I.O. (to‘liq):

 

 

 

SamDUning tarkibiy bo‘linmasi:

 

 

Egallab turgan lavozimi:

 

Bevosita bo‘ysunuvchi rahbarining F.I.O. va lavozimi

 

Ushbu arizada quyidagi atamalar qo‘llaniladi:

yaqin qarindoshlar qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni
ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari;

aloqador shaxslar xodim bilan tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi holatlari bundan mustasno;

manfaatlar to‘qnashuvi shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik Vazirlik xodimining mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan Vazirlikning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

xodimning shaxsiy manfaatdorligi – Vazirlik xodimi tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshka tijorat yoki notijorat manfaatlari).

 

T/r

Deklaratsiyani to‘ldirish uchun savollar

1.

Siz biror bir tashkilotning xodimi, boshqaruv organining a’zosi (kuzatuv kengashi, direktorlar kengashi va boshqalar), direktori yoki  vakili hisoblanasizmi? Javob berishda quyidagilarni e’tiborga olish so‘raladi, tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tijorat va notijorat tashkilotlarda ulushingiz mavjudmi, shuningdek ushbu tashkilotlardan har qanday shakldagi kompensatsiya olasizmi?    

 (Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, tashkilot nomi va undagi lavozimingizni yozing)

 

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

2.

Sizni yoki sizning yaqin qarindoshingizni qaysidir tashkilotda u yoki bu ko‘rinishda moliyaviy manfaatdorligi (shu jumladan, ustav kapitalida ishtirok etish, aksiyalar va obligatsiyalarga egalik qilish) mavjudmi yoxud bunday tashkilotlarda qaror qabul qilinishiga boshqacha tarzda ta’sir o‘tkaza olasizmi?  (har qanday tashkilotning umumfoydalanishda bo‘lmagan aksiyalariga egalik qilasizmi yoki ustav kapitalida ulushingiz mavjudmi yoxud  Respublika fond birjasi yoki boshqa fond birjalarida har qanday tashkilotning 5% va undan yuqori bo‘lgan umumfoydalanishdagi qimmatli qog‘ozlariga egalik qilasizmi?)

 (Izoh:  “ha” yoki “yo‘q”  javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida barcha tegishli tashkilotlar nomlarini hamda ulardagi Sizning manfaatingiz ko‘rinishi (ustav kapitalida qatnashish ulushi, aksiyalarga egalik qilish va h.k.)ni ko‘rsating.

 

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

3.

Vazirlik markaziy apparatida, uning hududiy boshqarmalarida yoki buysunuvchi markazlarda yoxud ta’lim muassasalarida Sizning yaqin qarindoshlaringiz (Sizga aloqador shaxslar) ishlaydilarmi?

 (Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida yaqin qarindoshingiz (Sizga aloqador shaxs) ismi-sharifi, lavozimi va  u ishlayotgan bo‘linma/bo‘lim/boshqarma nomini aniq yozing.

 

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

4.

Sizning yaqin qarindoshlaringiz, ularning farzandlari yoki Sizga aloqador shaxslar, ularning farzandlari -     Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi oliy, o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim muassasalarida o‘qiydimi?

(Izoh: “ha” yoki “yo‘q”javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida bunday qarindoshingiz ismi-sharifi, tahsil olayotgan ta’lim muassasasini yozib qoldiring)

 

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

5.

Sizning yaqin qarindoshlaringiz biror bir tashkilotning xodimi, boshqaruv organining a’zosi (kuzatuv kengashi, direktorlar kengashi va boshqalar), direktori yoki vakili hisoblanadimi? Javob berishda quyidagilarni e’tiborga olish so‘raladi, tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tijorat va notijorat tashkilotlarda ulushi mavjudmi, shuningdek ushbu tashkilotlardan har qanday shakldagi kompensatsiya oladimi?    

 

  (Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida yaqin qarindoshingiz ishlovchi tashkilot nomi va undagi lavozimini ko‘rsating)

 

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

6.

Sizning yaqin qarindoshlaringiz davlat amaldori hisoblanadimi?

  (Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida yaqin qarindoshingiz ismi-sharifi, lavozimi va tashkilot nomini yozib qoldiring)

 

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

7.

Siz bilan birgalikda tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida qatnashuvchi Sizga aloqador shaxslar mavjudmi, Respublika fond birjasida yoki boshqa fond birjalarida erkin muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari umumiy miqdorini besh foizidan kam bo‘lgan holatlar bundan mustasno.

(Izoh:  “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa,  “Sharh” qismida Sizga aloqador shaxslarning ismi-sharifi, barcha tegishli tashkilotlarning nomlanishi, ustav kapitalida qatnashishi va aksiyaga egalik qilish ulushini ko‘rsating)

 

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

8

Xizmat vazifangizni bajarish jarayonida qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qiluvchi noqonuniy tarzda yoki odob-axloq qoidalariga zid ravishda talqin qilinadigan pul mablag‘lari yoki boshqa moddiy qimmatliklar, sovg‘alar yoki xizmatlarni qabul qilib olganmisiz?

(Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida batafsil bayon etib o‘ting)

 

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

9

O‘z xizmat lavozimingizdan shaxsiy manfaatlaringiz yoki yaqin qarindoshlaringiz (Sizga aloqador shaxslar) manfaatlari yo‘lida foydalanganmisiz?

(Izoh: “ha” yoki “yo‘q”  javobini belgilang.  agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida batafsil bayon etib o‘ting)

 

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

10

Universitet tizimidagi faoliyatingiz davomida Sizga ma’lum bo‘lgan univesitet tizimiga tegishli maxfiy ma’lumotlarni o‘z shaxsiy manfaatingiz, yaqin qarindoshlaringiz yoki Sizga aloqador shaxslar manfaatlari yo‘lida  foydalanganmisiz (shu jumladan yuridik yoki jismoniy shaxslarga oshkor qilganmisiz)?   

(Izoh: “ha” yoki “yo‘q”  javobini belgilang.  agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida batafsil bayon etib o‘ting)

 

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

11

Universitet tizimi xodimlari tomonidan vazirlikning korrupsiyaga qarshi va odob-axloq masalalari bo‘yicha ichki me’yoriy hujjatlarini buzganligi to‘g‘risida xabardormisiz? 

(Izoh: “ha” yoki “yo‘q”  javobini belgilang.  agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida batafsil bayon etib o‘ting)

 

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

12

Manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi boshqa vaziyatlar mavjud bo‘lganda, ularni ko‘rsatib o‘ting.

 

Sharh:

13

O‘zingiz zarur deb topgan boshqa qo‘shimcha ma’lumotni ko‘rsatib o‘ting.

 

Sharh:

Ushbu arizani imzolash bilan birga, quyidagilarni ham tasdiqlayman:

  • Oliy  ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Nizom,Oliy  ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq qoidalari hamda Oliy  ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom bilan tanishdim;
  • ko‘rsatib o‘tilgan davrda Oliy  ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ichki hujjatlari bilan o‘rnatilgan talablar va tamoyillarga amal qilib kelmoqdaman;
  • menda manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi vaziyatlar mavjud/mavjud emas; (to‘g‘risini tagiga chizilsin);
  • mazkur arizada keltirib o‘tilgan ma’lumotlarni to‘liqligi va to‘g‘riligiga kafolat beraman hamda arizani Oliy  ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli bo‘linmasi tomonidan tekshirilishiga rozilik bildiraman;
  • men tomonimdan to‘ldirilgan arizadan tashqari menga ma’lum bo‘lgan yangi holatlar to‘g‘risida Oliy  ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq vazirlikning tegishli bo‘linmasini darhol xabardor qilaman.

 

_________________________________________________________________________          

(F.I.O.)

 

               _________________                                                                  _______________

                 (sana)                                                                                       (imzo)            

 

Pedagog-xodimlarni universitetga ishga olish uchun tavsiya etuvchi tanlov komissiyasining Yangi tarkibini tasdiqlash haqida

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDA  XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarga oid muammoli savol va vaziyatlar (kazuslar) hamda ularni bartaraf etish choralar bo‘yicha

USLUBIY TAVSIYALAR

O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunini  qo‘llash  jarayonida  yuzaga  kelishi  mumkin bo‘lgan  muammolarni bartaraf etish choralari

U S L U B I Y    Q O‘ L L A N M A