Badalboyeva Aziza Narimonovna

  •  Qabul vaqti: Har kuni 08:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998 90 742 45 52
  •  Elektron pochta: 

Biografiyasi

  • 1980-1996 yy. - Samarqand pedagogika instituti hisobchisi
  • 1996-1999 yy. - Samarqand davlat universitetida bosh hisobchi o‘rinbosari
  • 1999-2005 yy. - Samarqand davlat universiteti bosh hisobchisi vazifasini bajaruvchi
  • 2005 y. – h.v.   - Samarqand davlat universiteti bosh hisobchisi

BOSH BUXGALTER LAVOZIM VA VAZIFALARI:

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me'yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
  • UzASBO tizimida tashkilot kabinetini boshqarish;
  • Professor-o’qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o'z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
  • Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatiarning holati to'g'risidagi to'liq hamda aniq ma'lumotiarni shakllantirish;
  • Moddiy boyliklar va pul mablag'lari inventarizasiyasini o'z vaqtida o'tkazish;
  • Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish;
  • Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
  • Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o'z muddatlarida o'tkazish;
  • Bankdan olingan pul mablag'larini maqsadli sarflash;
  • Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo'lishining oldini olish;
  • Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to'g'ri sarf'lanishini nazorat qilish;
  • Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to'g'ri sarflanishini nazorat qilish;
  • Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag'larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo'yicha sarflanishini nazorat qilish;
  • Pul mablag’lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizasiyasini o'rnatilgan tartib asosida sifatli o'tkazilishini nazorat qilish;
  • Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o'z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish;
  • Bilishi kerak:
  • Bo'lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning hay'at qarorlari, buyruqlari, OTM rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi;
  •  OTMsi yillik va istiqbolli rejalarini bilishi,
  • Moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzish xususidagi, shuningdek OTM ning moliya-xo'jalik faoliyatiga, tuzilmasiga va uni rivojlantirish istiqbollariga tegishli barcha uslubiy, me'yoriy hamda boshqa hujjatlar.

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo'lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkoriik qobiliyatlariga ega bo'lish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo'lishi;
  • Oliy ma'lumotga ega bo'lishi zarur.
  • Bo’lim yo’nalishi bo’yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo’lishi zarur.