Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Nosirov va SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori, dotsent Toshpo’lat Rajabov agrar sohaga oid xorij tajribasini o’rganish maqsadida Italiya va Vengriya tajribalarini o’rganmoqda…

    Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Nosirov Italiyaning Padovo universiteti Botanika instituti va Botanika bog'i direktori, professor Thomas Ramazotti bilan uchrashdi.

    Muzokaralar davomida SamDU Botanika bog’i bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Padovo universiteti Botanika bog’i Yevropaning eng qadimiy va birinchi tashlil topgan bog'i hisoblanadi. Ushbu maydon 500 yillik tarixga ega.

    SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori, dotsent Toshpo’lat Rajabov Vengriyaning Etvos Lorand ilmiy-tadqiqotlar milliy tarmog‘iga kiruvchi Botanika va ekologiya instituti direktori Peter Odor va Orsolya Valko, Balazs Deak bilan muzokaralar olib bordi.

    Shuningdek, institut direktori Dr. Peter Odor bilan Vengriya milliy Botanika bog‘i va Samarqand davlat universiteti Botanika bog‘i o‘rtasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishildi. Ayniqsa, SamDU Botanika bog‘ining sistematik kolleksiyalari bilan boyitish maqsadida Vengriya milliy Botanika bog‘idan o‘simlik urug‘larini jo‘natish rejalashtirildi.

Samarqand davlat universiteti

         Axborot xizmati.