Samarqand davlat universitetida advokatlik faoliyati mutaxassisligi 2021-o’quv yilida tashkil etilgan bo’lib, bir yillik o’quv reja asosida 6 nafar magistrant dissertatsiyalarini himoya qildi.

    Ushbu magistrlik dissertatsiya himoyasiga Samarqand viloyati adliya boshqarmasi mutasaddilari, ish beruvchi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

    - Bugun Samarqand davlat universitetida tarixiy kun. Advokatlik faoliyati mutaxassisligi bo’yicha ilk qaldirg’ochlar magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilmoqda, - deydi Samarqaand viloyati adliya boshqarmasi boshlig’i birinchi o’rinbosari, dotsent Ozod Zikrayev. – Ushbu himoyada men rais sifatida ishtirok etyapman. Advakatlik faoliyati nafaqat viloyat, balki respublikada keng e’tibor berilgan huquqiy soha hisoblanadi. Bugungi himoyada guvoh bo’lib turibmanki, magistrlarimiz tomonidan advokatlik sohasidagi muammolar, ularni hal qilish, qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha bir qator takliflar berilmoqda. Bu takliflar kelgusida qonunchilik bazasini takomillashtirishga turtki beradi deb o’ylayman…

    - “Malakali yuridik yordam olishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashda advokaturaning o’rni O’zbekiston amaliyoti va xalqaro tajriba” mavzusi bo’yicha magistrlik dissertatsiyasini himoya qildim, - deydi Jahongir O’roqov. – Ilmiy rahbarim huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi mudiri, dotsent Davlat Quvvatov.  Tadqiqotimda malakali yuridik yordam olishga bo‘lgan Konstitutsiyaviy huquqni ta’minlashda advokaturaning o‘rni va ahamiyatini, ya’ni tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanganligi yoritdim. Advokatlarning sud ishlaridagi vakil sifatidagi ishtiroki rolini oshirish zarurligi va bu bilan bog‘liq bir qator normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi kerakligini ilmiy asoslab berishga harakat qildim…

Behruz SHAMSIDDINOV

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.