2021-2022-o‘quv yili uchun o‘qituvchilik salohiyati va samaradorligini oshirish sohasidagi YUNESKO/Hamdan mukofotiga tanlov
2021-2022-yillar uchun o‘qituvchilik salohiyati va samaradorligini oshirish sohasidagi UNESCO/Hamdan mukofotiga tanlov e‘lon qilingan.
Ushbu mukofot tanlovida o‘qituvchilik salohiyati va samaradorligini oshirish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan, ta‘lim sifatini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan muassasa, tashkilot va o‘quv yoki ilmiy-tadqiqot institutlari nomzod sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov shartlariga ko‘ra, UNESCO/Hamdan mukofoti (jami 300 000 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘) 5ta nomzodga taqdim etiladi va mukofot mablag‘i tanlovda g‘olib chiqqan nomzodlar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar https://cutt.ly/vbMGBcE veb-sahifasida ro‘yhatdan o‘tishlari kerak. Ro‘yhatdan o‘tgandan so‘ng arizalarni nomzodlar tomonidan ingliz yoki fransuz tilida onlayn tarzda to‘ldirishga ruxsat beriladi.
Onlayn ariza topshirish muddati: 2021-yil 31-oktabr.
Tanlov bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ma‘lumot uchun teacherprize@unesco.org elektron manzilidan olish mumkin.