PhD.03/30.12.2019.FM.02.04 raqamli Ilmiy kengashning yig‘ilishi
Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.FM.02.04 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig’ilishi 2021 yil 22 mayda soat 9:00 va 11:00 da bo’lib o’tadi.
Kun tartibi:
- Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Sharifov G’ayrat Nabiyevichning “Aromatik uglevodorodlarning protonodonor va protonoakseptor xususiyatlari va ularning kombinasion sochilish spektrlarida namoyon bo’lishi” mavzusidagi “01.04.05-Optika” fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya muhokamasi.
- Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Ismailov Faxriddin Raimovichning “Elektrolit bo‘lmagan suvli eritmalarda Landau-Plachek munosabatlarini yorug‘likning molekulyar sochilish spektrlari orqali tadqiq qilish” mavzusidagi “01.04.05-Optika” fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya muhokamasi.
- Har xil masalalar.
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Samarqand davlat universiteti, Fizika fakulteti, 63-xona.