Hurmatli talabalar va magistrlar!
Samarqand davlat universitetida faqat o’quv jarayoni Samarqand shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining 2021 yil 7 maydagi bayoniga muvofiq, bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining va magistratura mutaxassisliklarining 1-kurslarida o’quv jarayoni 2021 yil 25-mayga qadar; bakalariat ta’lim yo’nalishlarining 2-3 kurslarida 2020-2021 o’quv yilining yakuniga qadar masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining va magistratura mutaxassisliklarining barcha kurslarida yakuniy nazoratlar hamda yakuniy davlat attestasiya sinovlari o’quv grafigida belgilangan muddatlarda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda an’anaviy shaklda (offlayn) o’tkaziladi.