Qozog’istonning Inklyuziv rivojlanish jamg’armasi (Inclusive Development Foundation - IDF) 2021 yil 7- 9 aprel kunlari “Kelajakni yaratish” (“Изобретая будущее”) mavzusida Markaziy Osiyo davlatlari uchun II-Nobel festivalini (II Central Asia Nobel Fest) onlayn tarzda o’tkazishni rejalashtirmoqda.

Mazkur onlayn festival taniqli olimlar va Nobel mukofoti sovrindorlari ishtirokida Markaziy Osiyo uchun ilmiy-ma’rifiy munozaralar platformasini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.

Festivalda ishtirok etish bepul. Universitetining talabalari, magistrant va doktorantlari, professor–o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari va rahbar xodimlari  quyidagi havoladan ro’yxatdan o’tishlari va onlayn festival to’g’risidagi batafsil ma’lumotni https://nobel-fest.inpolicy.net. Shuningdek, tadbirda qatnashish masalalari bo’yicha yuqoridagi jamg’armaning mas’ul xodimlari Amirov Adilet (tel. +7 705 34 29 552) va Janiya Xairovalarga (tel. +7 747 58 44 588) murojaat qilish mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun xalqaro hamkorlik bo’limi murojaat etishlaringiz mumkin. Tel:66 2391079, irossu1420@samdu.uz