Samarqand davlat universiteti va Lyublin Texnologiya Universitetining (Polsha) o‘zaro hamkorlik shartnomasiga muvofiq, hamda ilmiy loyiha doirasida,  2021 yil 22 mart kuni  Lyublin Texnologiya Universitetida "Ipak  yo‘li - Osiyo va Evropaning madaniy merosi"  veb-konferentsiyasi yakunlari bo‘yicha "Hozirgi  O‘zbekiston hududidagi  Buyuk  Ipak  yo‘lining moddiy madaniy merosi" monografiyasi nashr etildi. Monografiyada Samarqandlik olimlar Samariddin Mustafoqulov, Dilfuza Jo‘raqulova, Odil Ergashev, Khonqul Samarov va respublikamizning boshqa viloyatlari olimlarining ilmiy maqolalari  joy olgan. Bizlar monografiyada ilmiy maqolalari joy olgan barcha mualliflarni tabriklaymiz  va ularning ilmiy ishlariga ulkan yutuqlar tilaymiz.

Loyiha haqidagi yangiliklarni shu veb-sahifada topishingiz mumkin: http://silkroad3d.com/?page_id=258

"Hozirgi  O‘zbekiston hududidagi  Buyuk  Ipak  yo‘lining moddiy madaniy merosi": http://bc.pollub.pl/dlibra/publication/13931/edition/13595/content?ref=desc