- Ro‘yxatni yuklab olish

Ma’lumot uchun, talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasining bir hududida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa hududidagi davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirishda:

Ma’lumot uchun, talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasining bir hududida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa hududidagi davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirishda: - o‘qishni mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga uzrli sabablar mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi. Bunda, o‘qishni ko‘chirish so‘ralayotgan hududda mos va turdosh ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda, o‘qishni mazkur hududdagi oliy ta’lim muassasasining boshqa ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat etiladi;

- talabaning respublika bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishi, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasining mehnat faoliyatini amalga oshirish joyi boshqa hududga o‘zgartirilishi, nikoh tuzgandan keyin turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududga ko‘chib o‘tishi uzrli sabablar etib tan olinadi;

- talabalarning o‘qishini uzrli sabablar mavjud bo‘lmagan holatlarda, shuningdek, mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi;

- tabaqalashtirilgan yoki bazaviy kontrakt asosida o‘qishni ko‘chirish faqat uzrli sabablarni asoslovchi hujjatlarni asl nusxasini universitet komissiyasiga taqdim etgandan keyin aniqlanadi.