Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan Samarqand davlat universitetining alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ariza bergan fuqarolar diqqatiga!

Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar quyidagi kunlarda bo‘lib o‘tadi:

  • “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi bo‘yicha - 2021-yil 27-28-avgust kunlari;
  • “Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti)” yo‘nalishi bo‘yicha - 2021-yil 28-avgust kuni “Dinamo” stadionida;
  • “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” hamda “Rangtasvir” yo‘nalishlari bo‘yicha - 2021-yil 27-avgust kuni;
  • “Musiqa ta’limi”, “Cholg‘u ijrochiligi” hamda “Vokal san’ati” yo‘nalishlari bo‘yicha - 2021-yil 27-avgust kuni.

Guruhlar ro‘yxati va imtihon jadvallari ilova qilinadi.

Talabgorlar o’zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan ijodiy imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin kelishi shart.

Guruhlar ro'yxati

Imtihonlar jadvali

Ma’lumot uchun telefon: (66) 239-17-40