O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 5-14 oktabr kunlarida Markaziy Osiyo start-Upchilari uchun mo’jallangan, “Acceleration and training for start-Ups” o‘quv vebinarini e’lon qildi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 5-14 oktabr kunlari, Markaziy Osiyo “Start-Up”chilari uchun mo’ljallangan, “Acceleration and training for startups” o'quv vebinar tashkil etilishi haqida e’lon qildi. Bu vebinarlar ishtirokchilarga “Start-Up”lar rivojlanishining dastlabki bosqichida zarur bo’lgan ko'nikma va bilimlarni, shuningdek, muvaffaqiyatga erishish uchun amaliy vositalar to'g'risida ma’lumotga ega bo’lish imkoniyatini beradi.
Mazkur vebinar Qozog'iston xalqaro rivojlanish agentligi (KazAID) hamda Isroil davlati Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “MASHAV” agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda. Vebinarda Isroil ekspertlari tomonidan 8 akademik soat va Qozog’iston ekspertlari tomonidan qo'shimcha 8 akademik soat ma’ruza va munozaralar o'tkaziladi.
Markaziy Osiyo “Start-Up”chilari uchun o'tkazilishi rejalashtirilgan ushbu vebinarda ishtirok etish istagini bildirganlar 2021-yil 10-avgust kuniga qadar, ariza namunasini to'ldirib, leila.sagymbayeva@outlook.com elektron manziliga yuborish lozim.
Qo'shimcha ma’lumot uchun xalqaro hamkorlik bo'limiga murojaat qilish mumkin.
(+998 66 239 1079)