Xitoyning Shi’an Jiaotong universiteti sizni 2021-yil 19-25-iyul kunlari Ipak yo'li universitetlari (ZOOM) yozgi onlayn lageriga hujjat topshirishga taklif qiladi. Ariza berayotgan talabalar Xitoyning rivojlanishini, ilg'or ilm-fan va texnologiyalarni o'rganishi va global ufqni tushunishni o'rganishi mumkin.

Darslar ingliz/xitoy tillarida olib boriladi va ilg'or fan va texnologiyalari, xitoy tili hamda xitoy madaniyati mavzulariga bag'ishlangan.

Arizani to'ldirish uchun talab etilgan hujjatar:

1. Pasport

2. Universitetdan berilgan transkript

3. Rezyume (ingliz yoki xitoy tilda)

Dastur haqida to’liq ma'lumotni http://isso.xjtu.edu.cn/recruit/login veb havolasidan olishingiz mumkin.

Arizalar qabul qilish muddati: 2021-yil 28-iyun 14-iyul