PhD.03/30.12.2019.К.02.05 raqamli ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi
Samarqand davlat universiteti huzuridagi falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.K.02.05 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2021-yil 25-iyun kuni soat 1000 da bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
1. Djurayeva Shohista Dilmuradovnaning 02.00.02 – Analitik kimyo ixtisosligi bo‘yicha «Cu (II), Au (III) va Hg (II) ionlarini karbamat va karbazon hosilali reagentlar bilan amperometrik aniqlash» mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining himoyasi.
2. Har xil masalalar.
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Samarqand davlat universiteti, Kimyo fakulteti, 3-qavat, 305-xona.