DJURAYEV LUKMON NARZULLAYEVICH
Djurayev Lukmon Narzullayevich
Falsafa va milliy g'oya kafedrasi dotsenti | Falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent
"1985-1990 yy. - Toshkent davlat universiteti talabasi
1990-1995 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
1995-1998 yy. - Samarqand davlat universiteti aspiranti
1999-2006 yy. - Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasi assistent
2006-2007 yy. - Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasi dotsenti
2007-2008 yy. - Samarqand tibbiyot instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri
2008-2009 yy. - Samarkand davlat universiteti milliy g‘oya: falsafa fanlari kafedrasi dotsenti
2009-2016 yy. - Samarkand davlat universiteti ijtimoiy ish kafedrasi mudiri
2016-2017 yy. - Samarkand davlat universiteti ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti
2018-2020 yy. – Samarkand davlat universiteti falsafa kafedrasi doktoranti
2021 y. – h.v. - Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g‘oya kafedrasi dotsenti"
Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida yoshlar iqtisodiy madaniyatining transformatsiyalashuvi - innovatsion sotsiomadaniy fenomen sifatida mavzusida ilmiy faoliyat olib bormoqda. Mamlakatimizda bugungi kunda yoshlar siyosati asosiy ustuvor yo‘nalishga aylangan bo‘lib, ularning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy madaniyatini oshirish, tadbirkorlik faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirish avvalo, tobora chuqurlashib borayotgan iqtisodiy islohatlar natijasida yangicha iqtisodiy tafakkur, dunyoqarash, eʼtiqod va sifat jihatdan yuqori darajadagi iqtisodiy madaniyatni taqoza etmoqda. Shu nuqtai nazardan, yoshlarning iqtisodiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion yechimini topish, qonuniyatlari, tamoyillari va mezonlarini tadqiq etish ijtimoiy-falsafiy tadqiqotlarning dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.