YUNESKONING 2-toifali markazi hisoblangan Xalqaro amaliy matematika markazi (CIMPA, Nissa, Fransiya) tomonidan rivojlanayotgan davlatlarning matematika sohasida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar, jumladan, magistrant, doktorant va keyingi bosqich ilmiy izlanuvchilar uchun quyidagi grant tanlovlar e’lon qilingan:

  • “Kvantdan keyingi algebraik kriptografiya” (o’qish davomiyligi 2021 yil 6 sentyabrdan 10 dekabrga qadar) nomli grant tanlovida onlayn hujjat topshirish https://application.cimpa.info havolasi orqali 2021 yil 29 mart kunigacha amalga oshiriladi.
  • “Jonli materiyada matematik modellashtirishni shakllantirish” (o’quv davomiyligi 2022 yil 10 yayevardan 1 aprelga qadar) nomli grant tanloviga onlay hujjat topshirish https://application.cimpa.info havolasi orqali 2021 yil 1 iyul kunigacha amalga oshiriladi.

Xalqaro amaliy matematika markazi tomonidan e’lon kilingan grantlar to’g’risidagi batafsil ma’lumotni  https://www.cimpa.info/en/about_us/mission_and_activies orqali  tanishish mumkin

Mazkur grantlar Toshkent-parij-Toshkent yo’nalishidagi xalqaro aviachiptalar, viza va yashash harajatlar hamda 3 oy davomida kunlik xarajatlar uchun to’lanadigan 600 Yevro miqdoridagi mablag’ni o’z ichiga oladi.

Qo’shimcha ma’lumotni Xalqaro hamkorlik bo’limidan olishlaringiz mumkin. Tel: 66 239 1079, irossu@samdu.uz