Hindiston madaniy aloqalar kengashi (ICCR) 1950 yilda mustaqil Hindistonning birinchi ta'lim vaziri Maulana Abul Kalam Azad tomonidan tashkil etilgan. Uning maqsadi Hindistonning tashqi madaniy aloqalariga tegishli siyosat va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etishdir.

2021 yil 3 mart kuni ICCR prezidenti, Janob Vinay Sahasrabuddhe Samarqand davlat universitetiga delegatsiyasi bilan tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida ICCR va SamDU o'rtasida o'zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

http://www.samdu.uz/news/700

O'zbekiston talabalari ICCR umumiy stipendiya sxemasi va ICCR Hindiston madaniyatini o'rganish uchun do'stlik dasturiga murojaat qilishlari mumkin. Stipendiyaga ariza berish uchun talabalar ingliz tilini bilishlari shart. Ushbu stipendiya Hindiston davlat universitetlari uchun to'lovlarni qoplaydi va qo'shimcha oylik stipendiya beradi:

http://a2ascholarships.iccr.gov.in/assets/site/docs/1615983478_NOTIFICATION_Financial_terms.pdf

Ariza berish uchun, talabalar avval ICCR veb-sahifasida onlayn ro'yxatdan o'tishlari kerak:

http://a2ascholarships.iccr.gov.in/home/register

Ariza berish tartibi bo'yicha batafsil ko'rsatmalar quyidagi veb-sahifalarda mavjud:

http://a2ascholarships.iccr.gov.in/assets/site/downloads/ICCR_UserManual.pdf

http://a2ascholarships.iccr.gov.in/home/page/instructions-to-candidates-for-filling-the-application-form

E’lon to’g’risida qoshimcha ma’lumot SamDU Xalqaro Hamkorlik Bo’limidan olish mumkin.

Tel: 66 2391079 E-mail: irossu1420@gmail.com