Samarqand davlat universitetida 2021-2022 oʻquv yili an’anaviy (offlayn) shaklda boshlanadi
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/613f82b5f1763-613f82b5f1765-613f82b5f1766-613f82b5f1767.jpg)
Samarqand davlat universitetida 2021-2022 oʻquv yili 2021-yilning 6-sentabr kunidan boshlab,
- kunduzgi va kechki shaklda tahsil oluvchi barcha talabalar hamda magistrantlarga anʼanaviy (offlayn) tarzda;
- sirtqi shaklda tahsil oluvchi barcha talabalarga onlayn shaklda, masofaviy taʼlim platformasi orqali boshlanadi.
Oʻquv jarayonlari karantin talablariga qatʼiy rioya etilgan holda tashkil etiladi.
Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati