Samarqand davlat universitetida 2021-2022 oʻquv yili 2021-yilning 6-sentabr kunidan boshlab,

- kunduzgi va kechki shaklda tahsil oluvchi barcha talabalar hamda magistrantlarga anʼanaviy (offlayn) tarzda;

- sirtqi shaklda tahsil oluvchi barcha talabalarga onlayn shaklda, masofaviy taʼlim platformasi orqali boshlanadi.

Oʻquv jarayonlari karantin talablariga qatʼiy rioya etilgan holda tashkil etiladi.

Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati