NASIROV AZIMIDIN NORMAMATOVICH
Adabiyotshunos
Nasirov Azimidin Normamatovich
professor
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:
Adabiyotshunoslik nazariyasi muammolari, Hozirgi adabiy jarayonda yuz berayotgan adabiy-nazariy qarashlarning yangilanib borish jarayoni, yangi adabiy tur va janrlarning o'zbek adabiyotiga kirib kelishi, modernizm adabiyoti, modernistik tafakkurning adabiyotga singish jarayonini tahlil qilish hamda xulosalash.
Ilmiy tadqiqotlarining asosiy natijalari:
Tarixiy romanlarda badiiylik masalalarini ilmiy-nazariy jihatdan ochib bergan. Xususan, Odil Yoqubov romanlari misolida tarixiylik va badiiylik haqiqatini batafsil yoritgan. Tarixiy romanlar va ularga bo'lgan adabiy tanqidiy qarashlarni asoslab chiqqan, xususan, "Yulduzli tunlar" romani misolida Bobur shaxsiyati va tarixiy prototipning uyg'unligini hamda muallifning tarixiy haqiqatga yondashish mahoratini izohlab bergan. Professor H.Umurov bilan hamkorlikda Adabiyotshunoslik nazariyasi fanining uslubiy qo'llanmasini ishlab chiqqan.
Asosiy ilmiy nashrlari:
1)Yulduzli tunlar va adabiy tanqid. Monografiya. Samarqand, 1998,
2) She'riyat malikasi. Monografiya. Samarqand 2000,
3) Badiiylik va tarix haqiqati. Monografiya. Samarqand 2001.
4) Hayot haqiqati va badiiylik. 2019. Turkiya, Istanbul,
5) Odil Yoqubov romanlari poetikasi. Monografiya.Toshkent, Fan. 2016.
6) Odil Yoqubov romanlari badiiyati. Monografiya. Samarqand 2024,
7) Adabiy tahrir. Darslik. 2022,
8) Hozirgi adabiy jarayon. O'quv qo'llanma. Samarqand, 2021.
9) O'zbek romanchiligi.Darslik, Samarqand. 2023.
10) Adabiyotshunoslik nazariyasi. Uslubiy qo'llanma. Samarqand.2016.