MOLEKULAR-GENETIK TADQIQOTLAR VA SELEKSIYA BO‘YICHA YETAKCHI MUTAXASSIS

YUTUQLAR, MUKOFOTLAR

10 ta maqola, index - 2

DJABBAROV IBROHIM SHODMONOVICH

Genetika va biotexnologiya kafedrasi professori

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:

Yumshoq bug’doy navlari; genotipik va fenotipik tadqiqotlar; amaliy seleksiya; bug’doy hosildorligi

Ilmiy tadqiqotlarining asosiy natijalari:

Respublikamizdagi qadimiy va mahalliy yumshoq bug‘doylarning don sifat ko‘rsatkichlari, ularning xilma-xilligi va ahamiyati oʻrganilgan; Turli ekologik-geografik kelib chiqishiga ega bo‘lgan bahorgi yumshoq bug‘doyning mahalliy qadimiy navlarida don sifat ko‘rsatkichlarining genetik salohiyatini o‘rganish, amaliy seleksiya uchun oqsil va kleykovina miqdori yuqori bo‘lgan boshlang‘ich manbalarini tanlash, ular asosida istiqbolli serhosil, adaptiv va yuqori don sifatiga ega bo‘lgan tizmalarni yaratish, don sifat ko‘rsatkichlari shakllanishining tashqi muhit omillari bilan bog‘liqligi hamda sifatli don o‘stirish hududlarini aniqlangan. Aegilops L. turkumining mahalliy ekotiplarini fenotipik va genotipik skriningi, turlar xilma-xilligi va ahamiyati aniqlangan, ulardan foydalanish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan; Aegilops L. turkumi mahalliy D-genom turlari ekotiplarini laboratoriya va dala sharoitlarida zamonaviy usullar asosida abiotik va biotik omillarga bardoshliligini aniqlash, ushbu namunalarni molekulyar-genetik usullar yordamida genotiplash hamda istiqbolli genotiplarni bug‘doy amaliy seleksiyasi jarayonlariga tavsiya ishlanmalari ishlab chiqilgan.

Asosiy ilmiy nashrlari:

1. Djabbarov I.and others. Aegilops L. genetic diversity in southwestern region of Uzbekistan
// Sabrao Journal of Breeding and Genetics, 2023, 55(5), страницы 1510–1525
2. Djabbarov I.and others. Grain quality indicators and their phenotypic variability of ancient varieties of Triticum aestivum in the mountains of Uzbekistan // Biodiversitas, 2023, 24(11), страницы 5995–6001
3. Djabbarov I.and others. Evaluation of variety of old-spring soft wheat from the south-western region of Uzbekistan by morphological and molecular markers // International Journal of Research and Development (IJRD), Tamil Nadu, India/ 2019. Vol.4, Issue 6, - P.61-70.
4. Estimation Of Grain Quality Of Inspecies Hybrids Of Spring Soft Wheat At Early Stages Of Breeding.// THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука. 2022. #2. 187-192
Batafsil:
https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=58698034400
https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=pR2njzIAAAAJ