AGRAR SOHADA SUG‘ORILADIGAN YERLARDAN YIL BO‘YI SAMARALI FOYDALANISHNING NAZARIY – TEXNOLOGIK ASOSLARI BO‘YICHA OLIM-MUTAXASSIS

YUTUQLAR, MUKOFOTLAR

SCOPUS va Web of Sciencs bazalarida 3 ta maqolalari mavjud.

Botirov Xidir Fayziyevich

Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi professori

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:

Sug‘oriladigan yerlarda ildizmevali va boshqa ikki yillik ekinlarning qish davri urugʼchiligi, oziqa uchun foydalanish, sanoat xomashyosi va ulardan oraliq (jumladan, siderat) ekini sifatida foydalanishning ilmiy va amaliy muammolari yechimi, ularni amaliyotga joriy etish

Ilmiy tadqiqotlarining asosiy natijalari:

O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida ilk bor qand lavlagi, sabzi, bryukva, sholg‘om, bosh piyoz navlarini kuz-qish va bahorda urug‘likka o‘stirishning bio-ekologik xususiyatlari, texnologik usullari, ko‘p yil urug‘ olish agrotexnologiyalari ilmiy asoslanib, ular amaliyotga joriy qilingan; noanʼanaviy va yangi ildizmevalilardan lavlagi, moyli turp, tifon, surepitsa, bryukva va boshqalarning 20 dan ziyod turlari va ko‘plab serhosil navlari O‘zbekistonga introduktsiyalanib, ularning bio-texnologik va ekologik xususiyatlarini aniqlagan; sanoatda qand lavlagidan shakar va qand mahsulotlari shuningdek, jom, qiyom va boshqa mahsulotlar olishda lavlagini yetishtirish, uning 2 yillik urug‘chiligi o‘rniga qishki bir yillik usuli ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan; chorvachilikda ozuqa taqchilligining oldini olish hamda chorva mollarini shirali, servitamin va tenglashgan ozuqa bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida qand lavlagi, bryukva, moyli turp va boshqa ildizmevalarni kuz-qish-erta bahor davrida foydalanish agrotexnologiyalari ilmiy asoslangan va amaliyotga joriy etilgan. Zarafshon vohasi sharoitida ildizmevalar va boshqa ikki yillik ekinlar biomassasini g‘o‘za-g‘alla majmuidagi ekinlar shuningdek, uzumchilik, bog‘dorchilik va sabzavotchilikda ko‘kat o‘g‘it (siderat) sifatida foydalaninshning ilmiy asoslari tadqiq etilib, agrotexnologiyalari ishlab chiqilgan.

Asosiy ilmiy nashrlari:

Зимнее растениеводство (монография). -Ташкент, изд-во, “Меҳнат”, 1991, 164 с.

Ўсимликшунослик ва ем-хашак етиштириш (маълумотнома). -Тошкент, “Меҳнат”, 1991, 237 б.

Терминалогический толковый словарь по сельскохозяйственной экологии. ТаджГАУ, Душанбе, 1999, 451с.

Oil crops with anchorage in irrigated lands. Annalis of forest research, 65 (1):7396-7403, 2022, р. 7396-7403.

Timing and standards of planting winter wheat in irrigated lands. E3S Web of Conferences 371, 01046 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202337101046 AFE-2022.

Food supply as tye Main factor of Peoples Qualite jf Laif. E3S Web of Conferenses 172, 02007 (2023).

Urban Ekosistem of Uzbekistan and Wais of Their Ekologization. E3S Web of Conferenses 172, 02007 (2023).

Корнеплоды зимней вегетации в условиях орошения (Монография). Издательство СамГУ им. Ш.Рашидова, -Самарканд, 2023, 114 с.

Agrasinozda ziroatlarning ekologik moslashuvi. Monografiya, -Samarqand, SamDU nashryoti, 2024-156.