Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kuzatuv Kengashi tarkibi haqida ma’lumot (10.04.2025 holatiga)

T/r

F.I.Sh.

Lavozimi

1

Ashurov Muxsin Xurramovich

“Fonon” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi boshlig‘i, Kuzatuv Kengashi raisi

2

Djalolov Shavkat Amonovich

“Agromir group” direktorlar assotsiatsiyasi kengashi raisi

3

Saidmurodov Uktam 

“Stekloplastik” MChJ raisi

4

Hamdamov Muzaffar Yazdankulovich

Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

5

Shukurlayev Dilshod Dalerovich

“Zarmed-Pratiksha”

6

Musinov Baxtiyor  Muxamedjanovich

“Baxt” xususiy korxonasi rahbari

7

Raximov Pulat Raximovich

“Regal”AJ ta’sischisi

 

Yusupov Nosir Fatixovich

“Bulungur Sandvichagrofirma” MChJ qoʻshma korxonasi rahbari

9

Abdulloyev Kamol Talatovich

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi

10

Xalmuradov Rustam Ibragimovich

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori

11

Soleyev Axmadjon Soleyevich

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori

12

Raxmanov Ismayil Usmanovich

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori

13

Usmanova Dilafruz Qarshiyevna

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti raqamli iqtisodiyot kafedrasi dotsenti

 

Kengash raisi – Ashurov Muxsin Xurramovich (ma’lumotnoma)

    Kengash maqsadi va vazifalari.

Kuzatuv Kengash O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–60-son va “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–61-son qarorlariga muvofiq tashkil etilgan. Kuzatuv kengashi muassasani samarali boshqarishda strategik organ hisoblanadi.

    Kengash maqsadi - Ta’lim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini samarali amalga oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash, Universitetni moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ta’lim jarayonini takomillashtirish va strategik rivojlantirishni ta’minlash.

    Kuzatuv kengashining vazifalari.

    Tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida

Universitet tarkibida yangi institut, laboratoriya, ilmiy markazlarni, akademik tadbirkorlikni tashkil etish;

Universitet rektorining Universitet ustaviga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarini muhokama qilish va bu bo‘yicha qaror qabul qilish;

Kuzatuv kengashining samarali ishlashini ta’minlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    Oliy ta’lim muassasasi faoliyati yuzasidan

Kengash nizomiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

Universitet faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, shu jumladan Universitetning rahbarlik lavozimlariga (rektor va prorektorlar) nomzodlarni ko‘rib chiqadi;

Universitet oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati bo‘yicha rektor va prorektorlar faoliyatini o‘rganish hamda axborotini eshitish;

Universitet rahbari va xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari faoliyatiga baho berish, ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) tasdiqlash;

Universitet hamda ular huzuridagi ta’lim va ilmiy muassasalarning rahbari va xodimlari, professor-o‘qituvchilari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar uchun mehnatga haq to‘lash miqdori va samaradorlik mezonlariga asoslangan rag‘batlantirish tartibini mustaqil belgilash;

    Moliyaviy mustaqillik sohasida

Universitetning uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori o‘rinlaridan joy olish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni belgilash hamda uning amalga oshirilishini nazorat qilib borish;

Universitetning o‘rta muddat uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash, ularning ijrosini muhokama qilish;

ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar hamda ixtisosliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlarini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish;

Universitetning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatiga moliyaviy nazorat o‘tkazish uchun qo‘shimcha topshiriq berish hamda nazorat tadbirlarining natijasi yuzasidan hisobot olish;

Universitetni rivojlantirish va uning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni hal etish, shu jumladan nodavlat notijorat tashkiloti ko‘rinishida maqsadli kapital jamg‘armasini shakllantirish;

ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalarining innovatsion va boshqa jamg‘armalar mablag‘larini sarflash tartibi va yo‘nalishlarini mustaqil belgilash;

Universitetning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini, shu jumladan xarajatlarning taqsimlanish ulushini mustaqil belgilash.

    Elektron pochta yo‘q, telefon +998906000888

Kuzatuv kengashining 2024-yil 16-sentyabrdagi yig'ilishining 4-son bayonnomasidan ko'chirma. 1-masala

Kuzatuv kengashining 2025-yil 16-yanvardagi yig'ilishining 1-son bayonnomasidan ko'chirma. 3-masala

Kuzatuv kengashining 2025-yil 16-yanvardagi yig'ilishining 1-son bayonnomasidan ko'chirma. 4-masala

Kuzatuv kengashining 2025-yil 16-yanvardagi yig'ilishining 1-son bayonnomasidan ko'chirma. 5-masala