Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich

Professor | Filologiya fanlari doktori, professor

 

 

"Navoiy dostonlarida komil inson timsoli", "Tasavvuf adabiyoti va adabiy aloqalar"

 

 

2016 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan O‘zbekiston Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan «El-yurt hurmati» ordeni, 2022-yilda «Ma’naviyat fidoiysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

 

 

"1967-1968 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti o‘zbek adabiyoti kafedrasi kabinet mudiri, katta laboranti
1968-1971 yy. - Toshkent davlat universiteti aspiranti
1971-1983 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti o‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dotsenti, kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi
1983-1985 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti o‘quv-tarbiyaviy ishlari bo‘yicha prorektori.
1985-1992 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti o‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, professor vazifasini bajaruvchi
1992-1998 yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi professori
1998-2011 yy. - Samarqand davlat universiteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori, rektor vazifasini bajaruvchi
2011-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi professori
2015-2017 yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori
2017 y. - h.v. - Samarqand davlat universiteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi professori"

 

 

Alisher Navoiy va uning salaflari ijodida inson kamoloti konsepsiyasi nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki fors-tojik, turk, ozarbayjon adabiyotshunosligida ham xamsachilik an’anasining tadqiqotlarini yangi sifat bosqichiga ko‘tardi. Olim o‘z tadqiqotlari orqali Sharq mumtoz adabiyotidagi asosiy masalalarni yaxlit holda komparativistik ravishda o‘rganish lozimligini ilmiy asoslab berdi. Musulmon Sharqi adabiyoti mintaqasida o‘zbek mumtoz adabiyoti arab va fors tillarida yaratilgan adabiyotlar bilan baqamti rivojlanib, yagona madaniy-ma’naviy makonni tashkil etganini, poetik tafakkur tarzi masalasida umumiy va xos jihatlarini ilmiy asosladi.

 

 

Scopus bazasiga kiruvchi jurnalda 1, Xalqaro nufuzli jurnallarda 9, OAK ro'yxatidagi Respublika jurnallarida 21 ilmiy maqolalar, Xalqaro va respublika konferensiya to‘plamlarida 12 maqola va tezislar chop ettirgan.