FAKULTET HAQIDA

Fakultet dastlab 1966-yilda tashkil etilgan. Bu ishda asosiy tashabbuskor va tashkilotchi Mardon Umarov bo‘lgan. Prof. M.Umarov 1966-yildan 1991-yilga qadar uzluksiz 25-yil davomida dekan vazifasida ishladi va ilmiy  kadrlarni ko‘paytirish sohalarida  katta tashkilotchilik ishlarini olib borgan.

Hozirgi vaqtda fakultetda 3 ta ta’lim yo‘nalishlari (geografiya, ekologiya va gidrometeorologiya) bo‘yicha bakalavrlar, 4 mutaxassislik bo‘yicha (geografiya o‘rganish obyekti, ekologiya, tuproqshunoslik, gidrologiya) magistrlar tayyorlanadi. 50 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 9 nafar fan doktori, professor, 12 nafar fan nomzodi, dosent va katta o‘qituvchi assistent o‘qituvchilar  faoliyat ko‘rsatmoqda.

Fakultetda 500 nafar talaba hamda 25 ta magistrant tahsil olmoqda. Fakultetda 1 ta kompyuter sinfi,  geologiya muzeyi, 14 ta o‘quv xonalari hamda  O‘zbekiston-Azarbayjon do‘stlik xonasi mavjud.

Fakultet xodimlari 1994-1997-yillar davomida turizm, urbanizasiya va shahar ekologiyasi muammolari  bo‘yicha TASIS/TEMPUS dasturi asosida Belgiya, Ispaniya va Italiya davlatlari hamkorligida Urbalayf loyihasida qatnashib, Bryussel La-Kambra oliy arxitektura instituti, Milan politexnika universitetlarida malaka oshirgan.

Fakultetda “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Umumta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etilgan “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” o‘quv qo‘llanmasi muallifi prof.A.Abulqosimov hamda bir necha yillar davomida NATOning atrof-muhit muhofazasi komissiyasi a’zosi, “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” prof. L.Alibekovlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Fakultet xodimlari fundamental, amaliy tadqiqotlar va  innovasion loyihalar bo‘yicha   ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarib kelishmoqda. Jumladan, “Samarqand viloyatining o‘lkashunoslik atlasini tuzish”, “Samarqand viloyatining atrof-muhit muhofazasi”, “Ichimlik  suvlar sifati”, “Maishiy xo‘jalik chiqindilarining tarqalishi”, "Yangi statsionar postlar yordamida Samarqand viloyatining elektr energiya beradigan shamol resurslarini o‘rganish va kartasini tuzish" hamda "Zarafshon vodiysining rekreasiya, turistik va ekologik kartalarini tuzish" mavzusilari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda grant ishlari bajarmoqda.

Fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2010-yilda U.Abjalova Beruniy, 2011-yilda N.Erlapasov - Qodir Zokirov nomli, 2013-yilda K.Qobilova - Jo‘ra Saidov nomli, 2015-yilda R.Davronova - Ulug’bek nomli Davlat mukofoti sovrindori bo‘lishgan. 2017-2018-o‘quv yilida fakultetning 4 nafar bitiruvchilari Rossiyaning Shimoliy Kavkaz Federal universitetiga grant asosida  magistraturaga qabul qilindi. 

Xorijiy aloqalar  sohasida hozirgi kunda fakultet xodimlari xalqaro ECAP loyihasida chet ellik hamkorlar bilan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

MALAKA TALABLARI

Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari

5110500 Geografiya o’qitish metodikasi
5140700 Gidrometeorologiya
5140600 Geografiya
5630100 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

 

Magistratura yo'nalishi malaka talablari

5A140602 Geografiya (o’rganish obekti bo’yicha)
5A141101 Gidrologiya (o’rganish obektlari bo’yicha)
5A630102 Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)


Fakultet tyutorlari