Axborot-resurs markazi direktori
- Qabul vaqti: dushanba-juma(8:00-16:00), shanba (8:00-14:00)
- Telefon: +99866 239-11-51
- Elektron pochta:
Biografiya
Samarqand davlat universitetining fundamental kutubxonasi 1927 yilda tashkil topgan. 2006 yildsa O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig 20 iyunidagi “Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risidagi PQ-381 soni qarori asosida Samarqand davlat universitetining Ilmiy axborot – resurrs markazi (IARM) tashkil etildi. Bunda markaz tizimi va uning faoliyati tubdan o’zgardi.
Hozirgi kunda IARMda 5 ta bo’limlar mavjud:
• Ilmiy uslubiy va axborot ma’limot (davriy nashrlar) bo’limi;
• Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo’limi;
• Axborot kutubxona resurslari bilan xizmat ko’rsatish bo’limi (abonentlarga xizmat ko’rsatish, o’quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda);
• Elektron axborot –resurslar bo’limi;
• Xorijiy axborot resurslari bilan ishlash bo’limi.
SamDU IARM qoshida 2 ta filial mavjud: IARM -1 (Fizika fakultetidagi kutubxona), IARM -2 (Kasbiy ta’lim fakultetidagi kutubxona).
Ilmiy axborot-resurs markazining umumiy fondi 2698392 musxani tashkil etadi. Shundan, ilmiy - 905215 nusxa, darslik – 435397 nusxa, o’quv qo’llanma – 624435 nusxa, badiiy – 127747 nusxa, chet el adabiyotlari – 92431 nusxa va boshqa adabiyotlar – 207437 nusxani tashkil etadi.
IARM va uning filiallarida 16079 nafar foydalanuchi mavjud. Shundan , 14307 nafari talabalar, 956 nafari professor-o’qituvchilar va boshqa foydalanuvchilar 816 tani tashkil etadi.
IARM va uning filiallarida hammmasi bo’lib 6 ta o’quv zallari mavjud va unda 466 ta ish o’rinlari tashkil qilingan. IARMning Markaziy o’quv zali va talabalar turar joyi qoshida mavjud bo’lgan 2 tra o’quv zallar 2-smenada ya’ni soat 8:00 dsan 20:00 gacha faoliyat ko’rsatadi.