QABUL KVOTASI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisida nizom” talablari asosida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga 2024/2025-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan talabalar uchun 2025/2026-o‘quv yili taʼlim granti talabalar sonidan kelib chiqib bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), taʼlim tillari kesimida toʻliq taʼlim granti va toʻliq boʻlmagan taʼlim granti o‘rinlari taqsimoti tasdiqlandi.
Eslatma!
ta’lim grantining bazaviy soni – oliy ta’lim tashkilotining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga (magistratura mutaxassisligiga) kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra davlat granti asosida 1-kursga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar soniga teng grant o‘rni;
ta’lim grantiga talabgor – oliy ta’lim tashkilotining ta’lim granti ajratilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi kurslarda tahsil olayotgan, ta’lim grantini qayta taqsimlashda ishtirok etish istagini bildirgan talaba;
to‘liq ta’lim granti – bir o‘quv yili uchun berilib, o‘qitish xarajati Davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanadigan ta’lim granti;
to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti – bir o‘quv yili uchun berilib, to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanmaydigan ta’lim granti;