Fakultet dekani

Nazarov Fayzullo Maxmadiyarovich
 
  

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha 
  • Telefon: +998 94 479 86 40 
  • Elektron pochta: fayzulla-samsu@mail.ru 

Biografiya 

  • 2008-2012 - yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
  • 2012-2014 - yillar Samarqand davlat universiteti magistranti;
  • 2012-2015 - yillar Samarqand davlat universiteti “Matematik modellashtirish” kafedrasi kabinet mudiri;
  • 2015 -2019 - yillar Samarqand davlat universiteti Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi assistenti;
  • 2019-2021 - yillar Samarqand davlat universiteti taynch-doktoranti;
  • 2021-2022 - yillar Samarqand davlat universiteti axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi mudiri; 
  • 2022-2023 - yillar Samarqand davlat universiteti sun’iy intellekt va axborot tizimlari kafedrasi mudiri;  
  • 2023-yili Hindistonning Galgotias universiteti stajyori  
  • 2023-yildan –h.v gacha - Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlari va kompyter texnologiyalari fakulteti dekani.

 

FAKULTET HAQIDA

Amaliy matematika va informatika fakulteti 2017-yilda maxanika-mtematika fakultetidan ajralib qayta tashkil etildi va yanvardan boshlab alohida fakultet sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Fakultetda talim olgan 1700 nafardan ziyod malakali kadrlar Respublika xalq xo’jaligining turli soxalarida mehnat qilmoqdalar. Ulardan 20 nafari fan doktori va 40 kishi fan nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.Hozirgi paytda fakultetda 5130200 – “Amaliy matematika va informatika”, 5110701 – “Informatikani o’qitish metodikasi”, 5330100 – “Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti” yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat; 5A110701 – Ta’limda axborot texnologiyalari, 5A130200 – “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxassisliklari bo’yicha magistratura ta’limi berilmoqda. 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotlarni qayta ishlash”, 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi”, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosliklari bo’yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturalarda (DSc) oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.Fakultetda “Axborotlashtirish texnologiyalari”, “Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash”, “Optimal boshqaruv metodlari ” kafedralari mavjud bo’lib ularda 4 ta professor, 17 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi hamda 20 ta assistent o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.Talabalar o’quv jarayonida zamonaviy axborot texnogiyalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, 4 ta kompyuter sinfi (80 ta kompyuter), 10 ta texnik jihozlangan alohida auditoriyalarda darslar olib boriladi.Fakultetda “Axborot texnologiyalari va tizimlari”, “Anomal suyuqliklar mexanikasi” ilmiy maktablari faoliyat olib bormoqda va ularni tashkil etish va rivojlanishida prof. I.I.Jumanov va prof. B.X.Xujayorovlarning hissalarinni alohida ta’kidlash mumkin.Kafedralar professor-o’qituvchilari zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’limda qo’llash, ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini yaratish, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy etish yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Soha bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida 15 dan ortiq dasturiy mahsulotlari yaratilgan.Fakultet hududdagi o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar bilan fanning zamonaviy yutuqlarini tadbiq qilish ehtiyojlarini hisobga olgan holda shartnomalar tuzib, ularning bazasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlamoqda.

MALAKA TALABLARI

Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari 

5110700    Informatika o’qitish metodikasi
5130200    Amaliy matematika va informatika
5330100    Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti

Magistratura yo'nalishi malaka talablari 

5A110701 Ta’limda axborot texnologiyalari
5A130202 Amaliy matematika va axborot texnologiyalari

 Yetakchi olimlar

Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti