Devonxona va arxiv bo‘limi
Bo‘lim mudiri
Djabborov Abbos Xoshimovich
- Qabul vaqti: Har ish kuni 08:30 dan 17:00 gacha
- Telefon: +99866-239-12-47, +998979241406
- Elektron pochta: devonxona@samdu.uz, samdu@exat.uz,
Biografiya
2005-2009-yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talabasi
2009-2011-yy. - Urgut tibbiyot kolleji o‘qituvchisi
2012-2013-yy. - Samarqand davlat universiteti kadrlar bo‘limi uslubchisi
2013-2017-yy. - Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi 1-son akademik litsey o‘qituvchisi, nazorat guruhi rahbari
2017-y. - h.v. - Samarqand davlat universiteti devonxona mudiri
Devonxona oliy o‘quv yurtining mustaqil faoliyat yurituvchi bo‘limi hisoblanib, universitet ustavi hamda mazkur nizomga asosan ish yuritadi va bevosita universitet rektoriga bo‘ysinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, oliy o‘quv yurtlari to‘g‘risidagi nizom, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, universitet rahbariyati ko‘rsatmalari hamda ish qog‘ozlari yuritish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomaga asosan o‘z faoliyatini olib boradi.
Devonxonada faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar soni va ish hajmiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladigan ishlar hamda vazifalar bo‘yicha javobgar shaxslar tayinlanadi. Devonxona xodimlari vazifalariga quyidagilar kiradi: universitetdan jo‘natiladigan va universitetga kelib tushadigan hujjatlarni qayd etish, ijro, farmoyish, moliya ishlari va xizmat safarlari bilan bog‘liq buyruqlarning loyihalarini tayyorlash, loyihalar va buyruqlar asosini rasmiylashtirish, buyruq nusxalarini tegishli fakultetlar, bo‘limlar, kafedralar, mutasaddi shaxslarga tarqatish, xizmat safari bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish, universitetdan hujjatlar jo‘natish uchun konvertlar, pochta markalarining hisob-kitobini olib borish, universitet xos qog‘ozi (blank) berilishini tegishli tarzda qayd etib borish, buyruq loyihalarini kompyuterlarga kiritish, kompyuter va nusxa ko‘paytirish mashinalarida hujjatlarni ko‘paytirish, buyruqlar asosi bilan bog‘liq hujjatlar va buyruqlarning asl nusxalarini arxivga topshirilgunicha saqlash, arxivda saqlanishi lozim bo‘lgan hujjatlarni amaldagi talablar asosida topshirishga tayyorlash va boshqalar.