Abituriyentlarga eslatma

Abituriyent o’rnatilgan tartibda tegishli hujjatlarini 5-iyundan boshlab my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro’yxatdan o’tkazishi, ro’yxatdan o’tkazilgan hujjatlariga mos ma’lumotlar abituriyentlar bazasiga to’g’ri kiritilganligini qaydnoma orqali tekshirib tasdiqlashi shart. Hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish jarayoni tugagandan so’ng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi hamda abituriyentlar bazasiga o’zgartirishlar kiritilmaydi.

Hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazishning muddatlari to’liq yakunlangandan so’ng:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi;

v) 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi;

g) barcha davlat kollej va texnikumlariga “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq qabul qilishda abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]

Belgilab qo‘yilsinki:

imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozga ega abituriyentlar Davlat komissiyasining qaroriga asosan ta’lim shaklidan qat’i nazar, ro‘yxatdan o‘tishda imtiyoz amal qiladigan doirada tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;

alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozga ega abituriyentlar (nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari bo‘lgan yetim bolalar, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (yigirma besh yoshga to‘lmagan) bundan mustasno) ular uchun ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida, tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi;

alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadi;

xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga sport turlarining soha bo‘yicha mos kelishiga qat’iy rioya qilingan holda imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;

imtiyoz bilan davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentga ushbu imtiyozdan takroran foydalanishga ruxsat etilmaydi;

ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, shuningdek, oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi;

oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari hamda harbiy-akademik litseylarga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning yagona bazasi har yili 1-iyunga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus axborot tizimiga kiritish orqali shakllantirib boriladi.

Test topshiriqlari umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining  umumta’lim fanlari o’quv dasturlariga muvofiq tuziladi. Test topshiriqlarini  bajarish uchun (javoblar varaqasini to’ldirish bilan birga) har 30 ta test  topshirig’iga 1 soat vaqt belgilanadi. Har bir test topshirig’i muqobil javoblari  bilan beriladi. 

  Abituriyent shaxsni identifikasiyalash vositalari (videofiksasiya  qurilmalari va barmoq izlarini maxsus qurilmalar) orqali tekshirtirilib,  shaxsi aniqlangandan so’ng tartibli ravishda binoga kiritiladi.   

Abituriyentning shaxsi tasdiqlanmagan (abituriyentlar bazasidagi  ma’lumotlarga mos kelmagan) taqdirda, shu joyga mas’ul etib belgilangan  nazoratchi Ichki ishlar organlari xodimi bilan birgalikda abituriyentni test  sinovidan chetlashtirish to’g’risidagi dalolatnomani rasmiylashtiradi va ushbu  abituriyentni binoga kiritmaydi. 

test topshiriqlari kitobini nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish; 

test topshiriqlari kitobi raqamini o’zining familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan javoblar varaqasini tegishli qismiga ko’chirib yozish va mos doirachalarni bo’yash; 

bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo’lgan javoblar varaqasini to’g’ri to’ldirilishini ta’minlash; 

test topshiriqlari kitobi muqovasida hamda javoblar varaqasida ko’rsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo’yish.  Abituriyent test jarayonida quyidagilarni bajarishga shaxsan javobgar hisoblanadi:   

javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig’iga yozmaslik, javoblar varaqasidagi test topshiriqlari kitobi raqamiga mos doirachalar hamda javoblarni belgilash qismidan tashqari boshqa qismlariga ruchka tegizmaslik; 

belgilangan vaqt davomida javoblarini javoblar varaqasiga havo rangli pastali sharikli ruchka bilan to’ldirish; 

belgilangan vaqt tugagandan so’ng o’ziga tegishli test topshiriqlari kitobini  va javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish. 

Abituriyent test topshiriqlari kitobida to’g’ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo’yaydi (javoblar varaqasida bo’yalgan javoblarni o’zgartirish mumkin emas). Agar javoblar varaqasidagi «belgilash uchun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, bitta test topshirig’iga javoblar varaqasida ikki va undan ortiq doiracha bo’yalsa yoki to’liq bo’yalmasa yoxud birorta ham doiracha bo’yalmasa ushbu test topshirig’iga ball berilmaydi. 

Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo’yilmaydi.  

Istisno tariqasida sog’ligi yomonlashganligi sababli test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.  Guruhdan chiqqan abituriyentga qo’shimcha vaqt berilmaydi. 

Quyidagi hollar abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish va test natijalarini chiqarilmaslikka asos bo’ladi:  

har qanday turdagi aloqa vositalari, kompyuter, telekommunikasiya vositalari, rasmga oluvchi vositalar, plastik karta, sumka, soat, lug’at, jadval, kitob, shpargalka, rangli ko’z oynaklar, qalam, ruchka, kalkulyator, lineyka, kalit,  har xil taqinchoqlar va shu kabilarni (keyingi o’rinlarda - taqiqlangan vositalar  deb ataladi) test sinovlari o’tkaziladigan hududga yoki binoga kirish joyida uni  olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo’lsa yoki ulardan test sinovi davomida  foydalansa;

test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa; 

test sinovlari jarayonida biri-biri bilan gaplashsa;  

test materiallarini binodan tashqariga chiqarsa, test topshiriqlari kitobi varag’ini yirtsa; 

test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topshirishdan bosh tortsa. 

Test sinovlari jarayonida abituriyent test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish, test topshiriqlarini belgilangan muddatdan  oldin bajarish va undan so’ng test materiallarini tartib bilan guruh  nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o’tkaziladigan hududdan chiqib  ketish huquqlarga ega. 

Test sinovlari tugagandan so’ng test sinovi jarayonida yozib olingan videokuzatuvlar o’rganilganda abituriyentning test sinovi tartib va qoidalarga amal qilmaganligi, jumladan yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlansa, bu holatlar uning test sinovi natijalarini chiqarilmasligiga, talabalar safidan  chetlashtirishga hamda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos  bo’ladi.