Boshqarma boshlig'i

SAMATOV SAYDAZIM MAMARAXIMOVICH

  •  Qabul vaqti: Seshanba, payshanba, 16-00 dan 18-00 gacha
  •  Telefon: +998 91 556 56 56
  •  Elektron pochta: saydazim_samatov@gmail.com

Biografiya

  • 1992-1997 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
  • 1997-2000 yy. - Samarqand davlat universiteti aspiranti
  • 2001-2004 yy. - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi kichik ilmiy xodimi
  • 2004-2006 yy. - Samarqand davlat universiteti «Matematik fizika va funksiyalar nazariyasi» kafedrasi assistenti
  • 2006-2009 yy. - Samarqand davlat universiteti kafedrasi doktoranti
  • 2009-2011 yy. - Samarqand davlat universiteti «Matematik fizika va funksiyalar nazariyasi» kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi
  • 2011-2013 yy.   - Samarqand davlat universiteti «Matematik fizika va funksional analiz» kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi
  • 2013-2017 yy.   -  Samarkand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi bo‘lim boshlig‘i 
  • 2017-2022 yy. -  Samarqand davlat universiteti «Matematik fizika va funksional analiz» kafedrasi dotsenti
  • 2022-2023 yy.  - Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
  • 2023 y – h.v.     - Samarqand davlat universiteti 2-o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘ining asosiy vazifalari

• Bakalavriat o‘quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha vazirlik qaror, buyruq va ko‘rsatmalarini universitet miqyosida joriy etilishi ustidan nazorat o‘rnatadi;

• fanlar bo‘yicha qaydnomalarning markazlashgan holda ro‘yxatdan o‘tkazilishini tashkil qiladi;

• boshqarma xodimlari, dekanat va kafedralar o‘quv-yordamchi xodimlarining xizmat vazifalarini sifatli bajarishlari ustidan nazorat o‘rnatadi;

• kengash qarorlari ijrosini nazorat qiladi;

• fakultetlarda o‘quv jarayonini tashkil etish sifatini nazorat qiladi, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi;

• o‘quv-uslubiy jarayon me’yoriy hujjatlarining (ishchi o‘quv rejalari va ishchi o‘quv dasturlari, ish yuritish hujjatlari va b.q.) amaldagi talablar asosida tayyorlanishi va belgilangan tartibda tasdiqdan o‘tkazilishi bo‘yicha fakultetlar va kafedralar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda bu bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;

• o‘quv jarayoniga oid me’yoriy hujjatlar mazmuni va sifatining ta’lim standartlari talablariga muvofiqligi tahlilini olib boradi va bu bo‘yicha fikr-mulohazalarni universitet miqyosida umumlashtiradi hamda shu asosda ushbu hujjatlarni takomillashtirish chorasini ko‘radi;

• universitet Kengashi yig‘ilishlarining o‘quv ishlari bo‘yicha qarorlari loyihalari tayyorlanishini nazorat qiladi;

• tashkilotlardan kelgan o‘quv jarayoniga oid turli xil xat, modemmogramma, hay’at qarorlari va hokazolar ijrosi bo‘yicha universitet ichki nazorat va monitoring bo‘limi bilan kelishgan holda ma’lumot tayyorlaydi;

• dekanat va kafedralarning o‘quv ishlariga doir me’yoriy va ishchi hujjatlar bilan ta’minlanish holati va ularga amal qilinishi ustidan nazorat o‘rnatadi hamda bu bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

• boshqarma xodimlari, dekanat va kafedralarning o‘quv-yordamchi xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish sifati ustidan nazorat o‘rnatadi;

• yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv yuklamalari mo‘ljalli hajmini aniqlaydi;

• kafedra mudirlari bilan hamkorlikda kafedralar o‘quv yuklamalari hajmini aniqlaydi va kafedra shtatlari miqdori haqida taklif kiritadi;

• o‘quv yuklamalarining lavozimlar bo‘yicha adolatli va to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qiladi va bu bo‘yicha kafedralarga uslubiy yordam ko‘rsatadi;

• o‘quv grafigi bo‘yicha fakultetlar takliflarini yig‘adi, umumlashtiradi va shu asosda universitet o‘quv grafigi loyihasini tayyorlaydi;

• kafedralar o‘quv yuklamalari va uning taqsimotining o‘quv yili davomidagi o‘zgarishi (asosli sabablarga ko‘ra) hisobini olib boradi, sabablarini aniqlashtiradi va tegishli choralar ko‘rish haqida taklif beradi;

• o‘quv jarayoniga oid me’yoriy hujjatlar mazmuni va sifatining ta’lim standartlari talablariga muvofiqligi tahlilini olib boradi va bu bo‘yicha fikr-mulohazalarni universitet miqyosida umumlashtiradi hamda shu asosda ushbu hujjatlarni takomillashtirish chorasini ko‘radi;

• kafedralarda vakant soat hisobini olib boradi. Moliya-rejalashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda universitet bo‘yicha soatbay ish hajmi fondini aniqlaydi va ish turlari bo‘yicha taqsimlaydi hamda bu bo‘yicha rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlaydi;

• soatbay asosdagi o‘quv yuklamalarining oyma-oy bajarilish hisobini yuritadi. Soatbay asosida dars o‘tishga ruxsat berish hamda bajarilgan o‘quv yuklamalariga haq to‘lash haqida rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlaydi, bu bo‘yicha bildirishnomalarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini guruh jurnallaridagi qaydlar asosida tekshiradi;

• professor-o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlarning mehnat va boshqa ta’tillari, o‘quv ishlari bo‘yicha xizmat safarlarining hisobini yuritadi.