Boshqarma boshlig'i

Muranov Shahriddin Abdullayevich

  •  Qabul vaqti: Seshanba, payshanba, 16-00 dan 18-00 gacha
  •  Telefon: (0366) -2391849
  •  Elektron pochta: muranov-2017@mail.ru

Biografiya

1985 yil 21 aprelda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan.

2005-2009 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

2009-2011 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti

2009-2012 yy. – Samarqand davlat Chet tillar instituti qoshidagi Akademik litseyda matematika fani o‘qituvchisi

2012– 2017 yy.   - Samarqand davlat universitetining «Matematik analiz» kafedrasi assistenti

2017 -2020 yy   - Samarqand davlat universitetining «Matematik analiz» kafedrasi tayanch doktaranti (PhD)

2020-2022 yy – Samarqand davlat universitetining «Matematik analiz» kafedrasi assistenti.

2022 yy – Samarqand davlat universitetining O‘quv -uslubiy boshqarmasi boshlig‘i.

 Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘ining asosiy vazifalari

• O‘quv-uslubiy kengash raisining o‘rinbosari vazifasini bajarish;

• o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha bosh boshqarma xodimlarining faoliyatini tashkil qilish, boshqarma xodimlariga o‘z vazifalarining ijrosi bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish va xizmat vazifalarini talab darajasida bajarilishini nazorat qilish;

• universitet Ilmiy kengashi ishida ishtirok etish;

• o‘quv ishlariga doir Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining buyruq va ko‘rsatmalari, universitet Ilmiy kengashi qarorlarini universitet miqyosida joriy etish bo‘yicha rektor buyruq va farmoyishlari loyihasini tayyorlash;

• yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha fanlarning o‘quv-uslubiy adabiyotlar va malakali mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish ishlarini tashkil etish;

• universitet Ilmiy kengashi, dekanlar yig‘ilishiga o‘quv ishlariga doir axborotlar va ma’lumotlarni tayyorlash;

• o‘quv-uslubiy ishlarga doir rektor buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini fakulьtetlarda ijrosini nazorat qilish;

• yangi o‘quv yili o‘quv jarayonini tashkil qilish rejasini tuzadi va uning ijrosi bo‘yicha fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtish;

• ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yillik ishchi o‘quv rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiq uchun tayyorlash;

• universitet bo‘yicha o‘quv yuklamalari hajmi va mavjud shtat birliklari miqdori asosida professor-o‘qituvchilarning lavozimlari bo‘yicha o‘quv yuklamalari me’yorini belgilash va tasdiqdan o‘tkazish;

• kafedra ish hajmining professor-o‘qituvchilarga taqsimlanish sifati ustidan nazorat o‘rnatish, bu bo‘yicha kafedra yig‘ilishi qarori asosida rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;

• kafedralar o‘quv yuklamasi va shtat birliklari o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi chorasini ko‘rish, kafedraga shtat ajratish yoki shtatni qisqartirish haqida taklif berish;

• fakultetlar taklifi va o‘quv rejalari asosida universitet o‘quv grafigini tuzish va bu bo‘yicha rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;

• “professor-o‘qituvchilar va o‘quv jarayoni haqida talabalar fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar tashkil qilish, fakultetlar tahlilini universitet miqyosida umumlashtirib, xulosa chiqarish ishlarini amalga oshirish;

• YADA sinovlari va bitiruv malakaviy ish himoyalarining samarali tashkil etilishini ta’minlash. YADA jarayonida universitet ma’muriyati nazoratini amalga oshirish;

• o‘quv-uslubiy jarayonini tashkil etish hamda nazorat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va o‘quv-yordamchi xodimlariga uslubiy yordam ko‘rsatish;

• o‘quv-uslubiy jarayonni tashkil etish va nazorat qilish ishlari bo‘yicha fakultet va kafedralar uchun uslubiy ko‘rsatmalar tayorlash ishlarini tashkil qilish;

• o‘quv-uslubiy ishlarda o‘ziga berilgan vakolat doirasida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan yoki nuqsonlariga yo‘l qo‘yayotgan professor-o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlarni taqdirlash yoki jazo choralari ko‘rish haqida belgilangan tartibda taklif kiritish;

• vazirlik va boshqa yuqori tashkilotlarga rektor (yoki o‘quv ishlari prorektori) ko‘rsatmasiga asosan so‘ralgan ma’lumotni tayyorlash;

• o‘quv jarayoniga oid me’yoriy va ishchi hujjatlarni tahlil qilib borish va takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda taklif kiritish; bu bo‘yicha fakultetlar takliflarini umumlashtish;

• boshqarma xodimlarining malakasini va ish unumini oshirish choralarini belgilash, boshqarma faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘rish;

• boshqarma Wyeb–saytini takomillashtirish va tegishli ma’lumotlarning vaqtida kiritib borilishini ta’minlash;

• boshqarma tarkibini tajribali, ishga ijodiy yondasha oladigan, qat’iyatli va adolatli xodimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish;

• fakultetlarning o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha yillik hisobotlarni umumlashtirish;

• boshqarma xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalarning mehnat va o‘quv intizomlari ustidan nazorat o‘rnatilishini tashkil qilish;

• o‘quv ishlari bo‘yicha murojaat, shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish hamda hal qilish choralarini ko‘rish;

• o‘quv ishlari bo‘yicha muammoli vaziyatlarni, tushunmovchiliklarni tahlil qilish va belgilangan tartibda bartaraf etish chorasini ko‘rish;

• dekanat va kafedralarning o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha faoliyatini tahlil qilib borishni tashkil etish. Qayd etilgan kamchiliklarning kafedra va dekanatlar tomonidan tuzatilishini nazoratga olish, ularga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish.