Markazi boshlig'i

 

 

Biografiya

Raqamli ta'lim texnologiyalar markaz bo‘lim boshlig‘i rahbarining vazifalari

    O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ta’lim tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlarni amaliyotga tadbiq etish, yoshlarni fan-texnika yutuqlaridan bahramand qilish, universitetda masofadan o‘qitishni tashkil etish,kompyuter savodxonligini ta’minlash, ayniqsa talabalarni axborot texnologiyalarining eng zamonaviy yutuqlaridan xabardor qilishda, amalda kompyuter bilan ishlashning yuqori texnika va texnologiyasini o‘zlashtirishga, elektron pochta, “MODEM” aloqasi borasida malakaga ega bo‘lish va jahon kompyuter zanjiri “INTERNET” dan foydalanishni tashkil etish maqsadida quyidagi faoliyat
turlari bilan shug‘ullanadi:

    Universitet lokal tarmog‘ini internet aloqasi bilan ta’minlash;

    Masofadan o‘qitishni tashkil qilish;
    Respublika DTM bilan tarmoq orqali bog‘lanib, o‘quvchilarga o‘z bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyatini yaratish pulli xizmati;
    Elektron darsliklar yaratish, uni universitet lokal tarmog‘iga kiritish va shu asosda elektron kutubxonalar tashkil qilish;
    Universitetda o‘quv, ilmiy va informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish sohasida olib borilayotgan ishlarni ommalashtirish hamda universitet kutubxona fondini turli ko‘rinishdagi adabiyotlar va qo‘llanmalar bilan boyitish;

    Markaz qoshida bosmaxona tashkil qilish va bu bosmaxonadan yuqori darajada foydalanishni tashkillashtirish;

    Xalqaro miqyosdagi ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va professor-o‘qituvchilar, aspirantlar va talabalarga chet el grantlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;

    Xorijiy va hamdo‘stlik davlatlari bilan informatsion texnologiyalar sohasida uzviy aloqa bog‘lash va hamkorlik shartnomalarini tuzish;

    O‘quv bo‘limi bilan birgalikda universitetda talabalar bilimini baholashning reyting tizimini qo‘llanilishini nazorat qilish;

    Reyting tizimi bo‘yicha universitet professor-o‘qituvchilari uchun uslubiy anjumanlar, seminar va konsultatsiyalar tashkil etish va uning natijalarini kafedra, fakultet va universitet majlislarida muhokama etib borish;

    Kompyuter sinflaridan foydalanish borasida universitet raxbariyati va ilmiy kengashiga takliflar kiritish.

    Kompyuter texnologiyalari va dasturlarining rivojlanishini o‘rganib borish, litsenziyalangan dasturlardan foydalanishni tashkil etish va yangi kompyuterlar xarid etish borasida takliflar kiritish.