Boshqarma boshlig'i

 

 

  • Qabul vaqti: Chorshanba, Juma, 16-00 dan 18-00 gacha
  •  Telefon: (0366) -239-15-83
  •  Elektron pochta: 

 

Biografiya

Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat boshqarmasi

    Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini amalga oshiradi.

    Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari hamda universitet ichki tartib-qoidalari va mazkur boshqarma Nizomiga asosan faoliyat yuritadi.

    Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoyi, vatanparvar fuqarolari sifatida tarbiyalashdan iborat.

    Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari:

  • milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda talabalarni faol grajdanlik pozitsiyasiga ega shaxslar etib shakllantirish;
  • Vatanga xizmat qilish borasidagi burchlarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
  • talabaning shaxs sifatidagi o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
  • talabalarni ijtimoiy faollikka, tashabbuskorlikka, o‘qish va kasbga nisbatan hurmat hamda ijtimoiy mas’ullik ruhida tarbiyalash;
  • talabalarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini oshirish, ularda tanqidiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish;
  • turli salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini talaba-yoshlarga anglatish;
  • talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb etish;
  • tizimli ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.

    Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasining asosiy vazifalari:

  • mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ‘ib etish;
  • axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish;
  • milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish;
  • talabalarning ma’nan va jisman kamolotga erishuviga ko‘maklashish;
  • universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, me’yoriy hujjatlar asosida chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi talabalarda mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
  • yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish;
  • yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
  • talaba qizlarni kasb-hunar egallashlariga ko‘maklashish;
  • Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining viloyat bo‘limi hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishdan iborat.

    Universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bevosita yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor tomonidan tashkil etiladi, muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi.

 Samarqand davlat universiteti san'atshunoslik kafedrasi