Filologiya fakulteti
Fakultet dekani
Jo‘liboy Danabayevich Eltazarov
- Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +99866-239-18-92;
- Elektron pochta: Juliboy2@gmail.com
Biografiya
1978-1980 yy. - Forish tumani o‘rmon xo‘jaligi ishchisi.
1980-1985 yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi.
1985-1989 yy – SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasi aspiranti, viloyat «Lenin yo‘li» gazetasi xodimi, «Samarqand universiteti» gazetasi muharriri.
1989-1993 yy – Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi laboranti, o‘qituvchisi.
1993-1997 yy. – Samarqand davlat universiteti doktoranti.
1997-1999 yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi.
1999-2000 yy – Pusan Chet tillar universiteti Markaziy Osiyo tillari kafedrasi professori (Janubiy Koreya).
2000-2005 - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchi.
2003-2005 yy. - Berlin Gumboldt va Berlin Frey universitetlarining (Germaniya) professori.
2005-2007 yy. - Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani.
2007-2010 yy. – Osaka universiteti Jahon tillari institutining (Yaponiya) professori
2010- 2014 yy. – Mugla Sitki Kochman universiteti (Turkiya) Hozirgi turkiy tillar kafedrasining professori.
2014-2015 yy - Samarqand davlat universiteti katta ilmiy xodimi, Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i.
2015-2016 yy - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri
2016-2020 yy - Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani.
2020-2024 yy - “Ipak Yo‘li” Turizm va madaniy meros Xalqaro universiteti Birinchi Prorektori.
13.03. 2024 y – h.v gacha Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani.
FAKULTET HAQIDA
Filologiya fakulteti universitet bilan tengdosh - u 1927 yilda tashkil etilgan. Fakultetning ilm-fan va ta’lim maskani sifatida shakllanishida Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa’diy, G’ozi Olim Yunusov, Sadriddin Ayniy, Vohid Abdullayev, Ulug’ Tursunov, Yevgeniy Polivanov, Abdulla Sulaymonov, Orif Ikromov, Xudoyberdi Doniyorov, G’ani Abdurahmonov, Botirxon Valixo’jayev, Rahmatulla Qo’ng’urov, Nuriddin Shukurov, Rahmonqul Orzibekov, Nazar Rajabov kabi taniqli olimlarning xizmatlari kattadir. Bugungi kungacha fakultet «filologlar beshigi» sifatida mamlakatimiz va Markaziy Osiyo respublikalari ta’lim tizimiga o’n minglab yuqori malakali filolog-mutaxassislar tayyorlab berdi. Ular orasida atoqli davlat, jamoat va fan arboblari, 120 dan ziyod fan doktorlari, 500 ga yaqin fan nomzodlari yetishib chiqdi.
Hozirgi paytda fakultetda 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili), 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (tojik tili) yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat; 5A120101 – Adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (o’zbek tili), 5A120101 – Adabiyotshunoslik (tojik adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (tojik tili) mutaxassisliklari bo’yicha magistratura ta’limi berilmoqda. 10.00.01 - O’zbek tili. 10.00.02 - O’zbek adabiyoti, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tillari va adabiyotlari bo’yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) ixtisosliklari bo’yicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Hozirgi paytda fakultetda 12 nafar fan doktori, professor, 25 nafar fan nomzodi, dosentlar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan ikki nafari (M.Muhiddinov, H.Umurov) “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoniga sazovor bo’lgan. 10 nafar professor-o’qituvchi davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlangan.
Fakultetdagi 5 ta kafedrada ishlayotgan 65 nafar professor-o’qituvchilar o’zbek tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, adabiyotshunoslik va tilshunoslik yo’nalishlarida samarali tadqiqotlar olib borishmoqda.
Fakultetda 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili), 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (tojik tili) yo’nalishlari bo’yicha bakalavriatda 611 nafar talaba, 5A120101 – Adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (o’zbek tili), 5A120101 – Adabiyotshunoslik (tojik adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (tojik tili) mutaxassisliklari bo’yicha 36 nafar yosh tadqiqotchi magistraturada ta’lim olmoqda. Shuningdek, talaba-yoshlar uchun «Shalola» she’riyat klubi, «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh notiq» kabi ilmiy-ijodiy to’garaklar mavjud bo’lib, ular fakultetdagi hamda fakultet jamoasi hamkorlik qilayotgan akademik lisey va kasb-hunar kollejlaridagi ijodkor yoshlarni o’z saflariga birlashtirgan.
MALAKA TALABLARI
Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari
5120101 Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili
5120117 Filologiya va tillarni o’qitish: tojik tili
Magistratura yo'nalishi malaka talablari
5A111201 O’zbek tili va adabiyoti
5A120101 Adabiyotshunoslik: o’zbek adabiyoti
5A120101 Adabiyotshunoslik: tojik adabiyoti
5A120102 Lingvistika: o’zbek tili
5A120102 Lingvistika: tojik tili
5A120105 Folklorshunoslik va dialektologiya