Samarqand davlat universiteti psixologi
Psixolog
Elmurodov Otabek Komil o‘g‘li
- Qabul vaqti: Har kuni 09:00 dan 17:00 gacha
- Telefon: +998942877822
- Elektron pochta: otabek_komilovich@mail.ru
Biografiya
- 1996-yil 17-dekabrda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan.
- 2017-2021- yillar - Samarqand davlat universiteti talabasi.
- 2021-2022- yillar – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistri.
- 2022-yil 28-sentabrdan hozirgi kunga qadar – Samarqand davlat universiteti psixologi.
Faoliyat
- Oliy ta’lim tizimi psixologi faoliyati ta’lim xizmatlari sohasiga mansub boʻlib, kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, barkamol shaxsni tarbiyalash hamda talabalarning har tomonlama toʻlaqonli psixologik taraqqiyotini ta’minlovchi optimal shart- sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
- Oliy ta’lim muassasasi psixologi faoliyatining tadqiqot va ta’sir oʻtkazish obyekti oliy ta’lim muassasalari talabalari, oʻqituvchilari, ota- onalari boʻlib hisoblanadi. Ular bilan alohida yoki guruhiy shaklda faoliyat olib boriladi.
- Oliy ta’lim muassasasi psixologi oʻz faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektor, fakultetlar, tibbiyot xodimlari, muayyan komissiyalar, ota-onalar hamda oliy ta’lim muassasi jamoasi bilan uzviy aloqada amalga oshiradi.
Vazifalar
- Talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulqidagi nuqsonlar, hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish, buning uchun ular bilan maxsus mashgʻulotlar oʻtkazish, nevrotik holatlarni kamaytirish mashqlarini oʻtkazish, ijodiy (kreativ) qobiliyatlarni rivojlantirish uchun treninglar olib borish.
- Taʼlim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish va turmush qurish, oʻzaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda konsultatsiyalar uyushtirish.
- Universitet psixologining asosiy faoliyat yoʻnalishlari:
- psixoprofilaktik ishlar
- psixologik maorif va ma’rifat
- psixodiagnostika
- psixik rivojlantirish va psixokorreksiya
- psixologik konsultatsiya