Institut direktori

O‘roqov Sirojiddin Xudayberdiyevich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 12:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +99866 239 13 05

Biografiya

  • 1999-2003-yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
  • 2003-2005-yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti
  • 2005-2008-yy. - Samarqand davlat universiteti botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi assistenti
  • 2008-2010-yy. - Samarqand davlat universiteti biolgiya fakulteti dekan o‘rinbosari
  • 2010-2014-yy. - Samarqand davlat universiteti botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi assistenti
  • 2014-2018-yy. - Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi dotsenti
  • 2018-2021-yy. - O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi mudiri
  • 2021-2023-yy. - Samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani
  • 2023 y.-h.v. - Samarqand davlat universiteti biokimyo instituti direktori

BIOKIMYO INSTITUTI HAQIDA

    2023-yilda SamDU kimyo va biologiya fakultetlari negizida Biokimyo instituti tashkil etildi. Institutda 10 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda:

1. Analitik kimyo

2. Botanika

3. Genetika va biotexnologiya

4. Zoologiya

5. Noorganik kimyo va materialshunoslik

6. Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo

7. Organik sintez va bioorganik kimyo

8. Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya

9. Fizikaviy va kolloid kimyo

10. O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya

    Bugungi kunda institutda 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, shundan 17 ta fan doktori, professorlar, 72 ta fan nomzodlari, PhD, dotsentlar hamda 10 dan ortiq xorijiy olimlar faoliyat olib bormoqda. Institutning ilmiy salohiyat 84,4% ni tashkil etadi.

    Institutda quyidagi bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha, kunduzgi, kechki ta’lim turlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

1. Biologiya (turlari bo‘yicha);

2. Kimyo (turlari bo‘yicha);

3. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha);

4. Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha);

    Shu bilan birga, biologiya, biotexnologiya, kimyo yo‘nalishlari magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

    Institutda ilmiy daraja beruvchi PhD.28.02.2018.K.02.05, PhD.03/30.12.2019.B.02.08 raqamli ilmiy kengashlar faoliyat olib bormoqda. Unda “02.00.02–Analitik kimyo”, “02.00.04–Fizik kimyo”, “03.00.05-Botanika”, “03.00.06–Zoologiya”, “03.00.07-O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi”, “03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiyasi” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy ishlar himoyasi o‘tkazilmoqda.

    Institut bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelinmoqda, Italiyaning Boloniya, AQSH ning Nevada, Turkiyaning Istanbu, Anqara, Afyon Kojatepe, Rossiyaning Moskva, Tomsk, Qozon, Vengriyaning Szeged, Germaniyaning Berlin universitetlari shular jumlasidandir.

    Institutda 4000 dan ortiq eksponatga ega «Zoologiya» muzeyi, zamonaviy ilg‘or asbob-uskunalar bilan jihozlangan, Nobel mukofoti laureati, professor Aziz Sanjar nomidagi «Zamonaviy analiz usullari» ilmiy laboratoriyasi, 1000 dan ortiq nusxadagi 250 ga yaqin tur o‘simliklar o‘stirilayotgan «Oranjeriya», minglab nusxadagi gerbariylar saqlanyotgan «Gerbariy fondi», «Gazlar analizi» ilmiy laboratoriyasi, «Ekologik tizimlar va priborlar» ilmiy laboratoriyasi, mahalliy faunamizda uchraydigan barcha turdagi hasharotlarni o‘zida mujassamlashtirgan «Entomologik kolleksiya», «Zamonaviy biotexnologik tadqiqotlar» ilmiy laboratoriyasi, tirik hayvonlar bilan bog‘liq tadqiqotlar uchun «Vivariy» laboratoriyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.  

Yetakchi olimlar

Biokimyo instituti kafedralari