Samarqand davlat universitetida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun Call-markaz va Maslahat markazi tashkil etildi

    2024-2025 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Samarqand davlat universitetida Call-markaz tashkil etilgan.

    Abituriyentlar va ularning ota-onalari quyidagi:

   1. (66) 239 12 31

   2. +998662391378
   3.  (66) 2391892
   4.  (66) 2391553

 

    telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bog’lanib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

    Shuningdek, abituriyentlar uchun Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti hovlisida Maslahat markazi tashkil etilgan bo’lib, o’z savollaringizga ushbu maslahat markazi xodimlari orqali javob olishlaringiz mumkin.

 

Samarqand davlat universiteti

Qabul komissiyasi.