XORIJIY TALABALAR TURAR JOYLARI
XORIJIY TALABALAR TURAR JOYLARI
2019 yilda barcha talabalar turadigan joylari joriy ta'mirdan chiqarildi.
O’qish davrida Sizga talabalar shaharchasida joylashgan yotoqxonada o’rin ajratiladi. Qulay va shinam xonalar 2-3 kishiga mo’ljallangan. Shuningdek Sizga yuvinish xonasi va oshxona ajratiladi.
Yotoqxona – bu ko’p millatli talabalar oilasi, u yerda yashash sizga juda ko’p quvonch va yangi tanishuvlar olib keladi deb umid qilamiz, chunki aynan shu yerda butun dunyo bo’ylab ko’plab do’stlar topasiz. O’zbekistonlik talabalar bilan muloqot esa nafaqat o’zbek madaniyati bilan tanishishingizga, balki o’zbek tilini o’rganishingizga ham yordam beradi.
Bu ma’lumotlar Sizga foydali bo’ladi va Samarqand davlat universiteti talabasi bo’lishingizga ko’maklashadi degan umiddamiz! Siz o’zingizni qiziqtirgan savollar va masalalar bo’yicha har doim bizga murojaat qilishingiz mumkin!