Markaz direktori

Umarov Sardor Yakubovich

 

Biografiya

2009-2013 yillar - Samarqand Davlat universiteti tarix fakulteti talabasi.
2013-2015 yillar - Samarqand Davlat universiteti Umumiy tarix kafedrasi magistranti.
2015-2019 yillar – Samarqand Davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi kabinet mudiri. 
2019-2019 yillar - Samarqand Davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti assistenti.

2019-2020 yillar - Samarqand Davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari.

2020-2022 yillar - Samarqand Davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari.

2022-yildan Sh.Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari markazi direktori

 

MARKAZ HAQIDA

Samarqand davlat universiteti  Xalqaro ta’lim dasturlari markazi

Zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2019-yilda Samarqand davlat universitetida xorijiy oliy ta’lim muassasasalari bilan hamkorlikda Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti tashkil etildi. Mazkur fakultet 2022-yilda Xalqaro ta’lim dasturlari markaziga aylantirildi.

Xalqaro ta’lim dasturlari markazida Xitoy, Janubiy Koreya, Isroil, Rossiya va AQSh kabi rivojlangan davlatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlari mavjud. Jumladan, Xitoyning Shansi Normal universiteti, Janubiy Koreyaning Sunchonxyang universiteti, Isroilning Xolon texnologiya instituti, Rossiyaning “Stankin” Moskva davlat texnologiyalar universiteti, Tomsk davlat universiteti, Shimoliy Kavkaz Fedaral universiteti, Belgorod milliy tadqiqotlar davlat universiteti va AQShning Yuta davlat universitetlari bilan hamkorlikda 8 ta bakalavriat yo’nalishlari va 8 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda markazda 120 nafar, xorijiy hamkor OTMlarida esa 200 ga yaqin bakalavr va magistrantlar tahsil olishmoqda.

Markazda “Tarix (Buyuk ipak yo’li tarixi)”, “Maktabgacha ta’lim”, “Amaliy matematika”, “Texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish”, “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi”, “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari”, “Raqamli iqtisodiyot”, “Iqtisodiyot” bakalavriat yo’nalishlarida ta’lim olib borilmoqda. Ushbu yo’nalishlar bo’yicha o’qishning birinchi va ikkinchi yillari SamDUda olib boriladi. Dastlabki ikki yillik o’qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o’qishni davom ettiradi. Ushbu ta’lim yo’nalishlari bo’yicha xorijda o’qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega bo’ladi.

Markazda magistratura mutaxassisliklari bo’yicha 8 ta qo’shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan. Ushbu qo’shma dasturlari Rossiyaning “Stankin” Moskva Davlat texnologiyalar universiteti, Tomsk davlat universiteti, Shimoliy Kavkaz Fedaral universiteti, Belgorod milliy tadqiqotlar davlat universitetlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Magistraturada “Mexatronika va robototexnika”, “Geografiya (o’rganish obyekti bo’yicha)”, “Dorilarning sanoat texnologiyasi”, “Inson resurslarini boshqarish” va “Tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha)” ixtisosliklari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Magistratura yo’nalishida tahsil oladigan talabalar o’qishning birinchi yilini SamDUda va ikkinchi yilini xorijiy OTMda olib boradi. Bugungi kunga qadar xorijda o’qishni muvaffaqiyatli tugatgan 20 nafardan ortiq magistrantlar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega bo’ldi.

Markazda ta’lim jarayonlarini samarali va yuqori darajada tashkil etish maqsadida malakali mahalliy va xorijiy professor-o’qituvchilar jalb qilingan. Hozirgi kunga qadar hamkor xorijiy universitetlardan 4 nafar mutaxassislar markazda doimiy ravishda faoliyat ko’rsatishmoqda. Jumladan, Xitoydan 1 nafar, Hindistondan 1 nafar, Yaponiyadan 1 nafar va Janubiy Koreyadan 1 nafar professor-o’qituvchilar markaz talabalariga dars berib kelmoqda. Istiqbolda 10 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislarning doimiy ravishda ta’lim jarayonlariga jalb qilinishi rejalashtirilgan.

MALAKA TALABLARI

Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari

Tarix (Buyuk ipak yo’li tarixi) (Xitoy Xalq Respublikasi, Shansi Normal universiteti)
Maktabgacha ta’lim (Yoshlar tarbiyasi- Koreya Respublikasi, Sunchunxan universiteti)
Amaliy matematika (Isroil, Xolon texnologiya instituti)
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo’nalishlar bo’yicha-Isroil, Xolon texnologiya instituti)
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo’yicha- Rossiya Federatsiyasi, “STANKIN” Moskva davlat texnologiya universiteti)
Texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (Rossiya Federatsiyasi, “STANKIN” Moskva davlat texnologiya universiteti)
Raqamli iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar bo’yicha-    Rossiya Federatsiyasi, Tomsk davlat universiteti)

Iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar bo’yicha-Rossiya Federatsiyasi, Tomsk davlat universiteti)

Magistratura yo'nalishi malaka talablari

Mexatronika va robototexnika (Rossiya Federatsiyasi, “STANKIN” Moskva davlat texnologiya universiteti)
Geografiya (o’rganish obyekti bo’yicha) (Rossiya Federatsiyasi, Shimoliy Kavkaz federal universiteti)
Inson resurslarini boshqarish (Rossiya Federatsiyasi, Shimoliy Kavkaz federal universiteti)
Dorilarning sanoat texnologiyasi (Belgorod milliy tadqiqotlar davlat universiteti)

Tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) (Rossiya Federatsiyasi, Shimoliy Kavkaz federal universiteti)