Boshqarma boshlig'i

Xaydarov Xayrillo Safarovich

 

  • Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma (13:00-17:00)
  • Telefon: 0366-239-12-29

 

Biografiya

  • 1994-1999 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
  • 1999-2001 yy. - Samarqand davlat universiteti kvant elektronika va radiofizika kafedrasi laboranti
  • 2001-2004 yy. - Samarqand davlat universiteti kvant elektronika va radiofizika kafedrasi aspiranti
  • 2004-2005 yy. - Samarqand davlat universiteti kvant elektronika va radiofizika kafedrasi assistenti
  • 2005-2011 yy. - Samarqand davlat universiteti kvant elektronika va nazariy fizika kafedrasi assistenti
  • 2011 -2013 yy  - Samarqand davlat universiteti nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi
  • 2013-2015 yy.  - Samarqand davlat universiteti nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi mudiri
  • 2015-2018 yy. - Samarqand davlat universiteti nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi katta ilmiy xodim-izlanuvchisi
  • 2018-2020 yy. - Samarqand davlat universiteti nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi dotsenti
  • 2020-2022 yy. - Samarqand davlat universiteti ilmiy tatqiqotlar va innovatsiya ishlanmalari majmuasi mudiri
  • 2022-y. – h.v. - Samarqand davlat universiteti innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

Boshqarma vazifalari:

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yildagi 7-may “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-sonli qaroriga asosan SamDU rektorining 2018-yil
9-iyuldagi 460-ij-sonli buyrug‘iga asosan universitetda “Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi” tashkil etildi. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi Nizomi Samarqand davlat universiteti Ilmiy kengashining 2018-yil 6-iyuldagi 13-son majlisi qarori bilan tasdiqlangan.

    Innovatsion rivojlantirish boshqarmasi universitet huquqiga tegishli bo‘lgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni hamda ilmiy-tadqiqot faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Innovatsion rivojlantirish boshqarmasi faoliyatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari:

  • Bozorni tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan rentabellikni baholash;
  • tijoratlashtirishga va amaliyotga tadbiq etishga tayyor loyihalarni saralash;
  • innovatsion loyihalarni amalga oshirishga investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etish;
  • yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion mahsulot ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilish.

Innovatsion rivojlantirish boshqarmasi funksiyalari:

  • O‘rnatilgan tartibda byudjet va byudjetdan tashqari manbalardan moliyalashtiriluvchi universitet ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o‘qituvchi, yordamchi va ishlab chiqarish xodimlarini, doktorantlarni, talabalarni, hamda chetdagi tashkilotlar mutaxassislarini jalb etish;
  • universitet intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha ishlarni bajaradi, jumladan, patentlashtirish uchun talablarni tayyorlash, rasmiylashtirish va taqdim etish hamda intellektual mulk obyektlarini O‘zbekiston Respublikasida va xorijda qayd etadi;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan intellektual mulk obyektlari mualliflari bilan shartnomalar tuzishni tayyorlaydi va ta’minlaydi hamda ularni bajarilishini nazorat qiladi;
  • boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda universitet intellektual mulk obyektlariga huquqni uzatishni rasmiylashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
  • Sohaga oid farmonlar, buyruqlar, vazirlik va ilmiy kengash qarorlarining ijrosini ta’minlash, so‘rov xatlari javoblarini o‘z muddatida taqdim etish.
  • Kafedra va ilmiy laboratoriyalarida bajarilayotgan tadqiqot ishlarini tashkillash hamda samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.
  • Xalqaro va Davlat granti hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar tanloviga hujjatlar tayyorlash va taqdim etish.
  • Xalqaro va Davlat granti hamda xo‘jalik shartnomasi asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari va hisobotlarini tayyorlash, taqdim etish.
  • Boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan aloqa o‘rnatish, shuningdek xalqaro ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishni ta’minlash.
  • O‘z ishida ish beruvchining Ustaviga, ish beruvchining buyruqlari va farmoyishlariga bo‘ysunadi, lavozim yo‘riqnomasiga va ichki mehnat tartibi qoidalariga qat’iy rioya qiladi
  • Kafedralarda olib borilayotgan bo‘sh mavzular, davlat grantlari, xo‘jalik shartnomalari asosidaga tadqiqotlar natijalarini xalq xo‘jaligida qo‘llash, respublika va hududiy ilmiy g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar yarmarkasida qatnashishlarini prognoz qilish, ular asosida shartnomalarini imzolanishiga erishish;
  • Universitet professor-o‘qituvchilari, magistrlar, talabalar va xodimlarni ilmiy ishlarga jalb etish;
  • Tijoratlashtirishga va amaliyotga tadbiq etishga tayyor loyihalarni saralash;
  • Byudjet va xo‘jalik shartnomasi asosida faoliyat olib boradigan mavzularni shakllantirish va rejalashtirish. Ilmiy loyihalar tanlovida ishtirok etishni tashkil qilish, ularni yaratish bo‘yicha taklif va mulohazalarni to‘plash;
  • Korxona va tashkilotlar bilan mintaqaviy muammolarni hal etishga qaratilgan xo‘jalik shartnomalarini tuzish;
  • Universitet o‘quv, ilmiy, ishlab chiqarish va ma’muriy bo‘limlar xodimlariga tijoratlashtirish bo‘limi kompenetligi doirasida va bajariladigan funksiyalariga muvofiq maslahat-huquqiy hamda informatsion yordam ko‘rsatish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga qat’iyan rioya qilish;
  • Universitet olimlari tomonidan yaratilgan ishlanmalar va ilmiy-tadqiqot faoliyatii natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, intellektual faoliyat natijalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
  • Universitet ichki tartib-qoidalari va amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan ijro va mehnat intizomiga qat’iy rioya etish;
  • Universitet intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanish faktlarni aniqlaydi va ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni bartaraf etishga va keltirilgan zararni qoplashga yo‘naltirilgan takliflarni ma’muriyatga chora ko‘rish uchun kiritadi.
  • Universitetning intellektual mulk obyektlariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda, hamda mualliflarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilishda ko‘maklashadi;
  • Universitet xodimlari uchun intellektual mulk sohasida seminar-treninglar tashkil etadi.
  • Universitet byudjet loyihasiga kashfiyot va patent-litsenzion faoliyat bo‘yicha, innovatsion tadbirkorlik va texnologiyalar transferi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va kiritadi.
  • Intellektual mulk obyektlardan foydalanish, ularni yaratish, himoya qilish bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida hujjatlarni ishlab chiqadi.