Tayyorlov markazi
Markaz dekani
Fayziyeva Nigina Kamalovna
- Qabul vaqti: Har ish kuni (8.00-17.00)
- Telefon:+99866-239-12-94
- Elektron pochta: tayyorlov@samdu.uz
Biografiya
1994-2000-yy. – Samarqand Davlat Universiteti talabasi
2000-2003-yy. – Samarqand Davlat Universiteti aspiranti
1994-2007-yy. – Samarqand Davlat Universiteti tayyorlov bo’limi kotibasi
1997-2021-yy. – Samarqand Davlat Universiteti tayyorlov markazi o’qituvchisi
2007-2021-yy. – Samarqand Davlat Universiteti Tayyorlov markazi uslubchisi
2021 - h.v. – Samarqand Davlat Universiteti Tayyorlov markazi dekani
Tayyorlov markazi haqida
Samarqand davlat universitetining tayyorlov bo‘limiga 1971-yilda asos solingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ko‘rsatmasiga asosan, tayyorlov bo‘limi bazasida 1993-yildan boshlab «Shartnoma»ga asoslangan, ya’ni o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlaydigan 8 oylik test asosidagi tayyorlov kursi tashkil etildi va u hozirgi kunda ham faoliyat yuritmoqda.
Samarqand davlat universiteti rektorining 2005-yil 27-oktyabrdagi №229-ij buyrug‘iga asosan bu kurs universitet qoshida tinglovchilarni test sinovlariga tayyorlash bo‘yicha Oliy o‘quv yurti (OO‘Yu) gacha tayyorlov markaziga aylantirildi.
Tayyorlov markazi fizika, matematika, mexanika, amaliy matematika, axborot texnologiyasi, iqtisod, kimyo, biologiya, ekologiya, tibbiyot, geografiya, o‘zbek tili va adabiyoti, jurnalistika, tarix, huquqshunoslik, huquq va ma’naviyat asoslari, ijtimoiy ish, rus tili va adabiyoti, boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va uslubi, pedagogika va psixologiya, psixologiya hamda chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari) mutaxassisliklari bo‘yicha tinglovchilar qabul qiladi.
O‘qish shartnoma asosida. Ta‘lim shakli – kunduzgi. O‘qish muddati 10 oy. Tinglovchilar uchun SamDU talabalariga belgilangan huquq va majburiyatlar ham taalluqlidir. Ular belgilangan auditoriyalar, laboratoriyalar, kutubxonalardan foydalanishadi.
Tayyorlov markaziga o‘rta (to’liq) umumiy va o‘rta maxsus ta’lim olgan, shuningdek akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi kurs o‘quvchilari ma’muriyatining tavsiyanomasi asosida qabul qilinadilar.
Tayyorlov markaziga hujjatlar 2-sentabrdan 26-sentabrgacha qabul qilinib, 27–30- sentabr kunlari test-suhbat o‘tkaziladi. Test-suhbat barcha yo‘nalishlarda asosiy bloklar bo‘yicha umumta’lim fanlari dasturi hajmida o‘tkaziladi. Test-suhbatdan ijobiy o‘tganlar tinglovchilar safiga qabul qilinadilar. Tayyorlov markazida mashg‘ulotlar 2-oktabrdan boshlanadi.
Tayyorlov markazida Pedagogik Kengash mavjud bo‘lib, unda o‘quv soatlari, hajmi, o‘qitish saviyasi, tinglovchilarning darslarni o‘zlashtirib borishlari va test texnologiyasiga oid barcha yangiliklar muhokama qilib boriladi.
Tayyorlov markazida ijtimoiy, aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha guruhlar tashkil qilingan bo’lib, unda o‘qitish o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Markazda o‘qish haftasiga 6 kun va har kuni 6 soatdan. Tinglovchilar har ikki oyda attestatsiya va test sinovlaridan o‘tadilar. Natijalari esa, Pedagogik Kengashda muhokama qilib boriladi. O’quv yili davomida 4-5 marta aynan DTM talablariga mos aprobatsiya-test sinovlari o‘tkaziladi. Tayyorlov markazidagi mashg‘ulotlar test bloklaridagi mutaxassisliklarga mos fanlar dasturi asosida olib boriladi.
Tayyorlov markazida ishlaydigan professor-o‘qituvchilarning qariyb hammasi universitetda ishlaydigan eng malakali, umumta’lim fanlari dasturini mukammal biladigan tajribali mutaxassislardir.
Tayyorlov markazining asosiy vazifasi yoshlarni umumta’lim darajasini ko‘tarish, saviyasini oshirish, OO‘Yuga kiruvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan yoshlarga imkon doirasida zarur shart-sharoitlar yaratib berish, OO‘Yularining barcha fakultetlariga yuqori bilim va saviyali abituriyentlarni tayyorlab, talaba qilib yetkazib berishdan iboratdir.