Institut direktori

Djurakulov Shoxrux Davronovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998 90 505 23 23
  •  Elektron pochta: sh.djurakulov@gmail.com

Biografiya

  • 2007-2010-yillar – Samarqand bank kolleji talabasi
  • 2010-2014-yillar – Samarqand davlat universitetining ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi
  • 2014-2016-yillar – Samarqand davlat universitetining ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti magistranti
  • 2014-2015-yillar – “Kamolot” YOIH qoshidagi “  O‘quv-uslubiy markazi” nodavlat ta’lim muassasasi koordinatori
  • 2016-2018-yillar – Samarqand davlat universitetining iqtisodiy nazariya kafedrasi assistenti
  • 2018-2019-yillar – Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti
  • 2018-2019-yillar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Boshqaruv mahorati” kafedrasi o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida)
  • 2019-2020-yillar – “Yuksalish” umummilliy harakatining Samarqand viloyat bo‘linmasi rahbari – viloyat hokimining maslahatchisi
  • 2020-2021-yillar – “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti qoshidagi Samarqand turizm va servis texnikumi direktori.
  • 2021-yil – Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish kafedrasi mudiri.
  • 2021-2023-yillar – Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti dekani.
  • 2023-yildan - Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti direktori

Institut haqida

    Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi  12/8-32 - sonli Qarori bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tarkibida o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur institutga tamal toshi 1992-yilda SamDU ning amaliy matematika va informatika fakultetida professor H.To‘rayev va professor K.Saidovlar tomonidan qo‘yilgan. O‘sha yili fakultet tarkibida “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish ” mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabul qilingan. Yildan-yilga qabul kvotasining ortib borishi bilan fakultet tarkibida iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi, ichki va tashqi turizm menejmenti va nazariy iqtisodiyot kafedralari tashkil etildi. SamDU rektorining 1997-yil 15-avgustdagi buyrug‘iga muvofiq iqtisodiyot fakulteti ochildi.

    Hozirgi vaqtda institut tarkibida tarmoqlar iqtisodiyoti, inson resurslarini boshqarish va raqamli iqtisodiyot kafedralari faoliyat olib bormoqda. Ushbu kafedralar iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), bank ishi, agrobiznes va investitsion faoliyat hamda inson resurslarini boshqarish yo‘nalishlarida bakalavriat talabalariga dars bermoqda.

    Institutda asosiy eʼtibor salohiyatli yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Institutning ilmiy salohiyatining oshib borishi bilan kafedralarda iqtisodiyot nazariyasi, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, menejment, inson resurslarini boshqarish va raqamli iqtisodiyot mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura va tayanch-doktoranturalar faoliyati yo’lga qo’yildi.

    Bugungi kunda institut qoshida “Inson resurslarini boshqarish” ilmiy tadqiqot Markazi faoliyat yuritmoqda. Markaz tomonidan har yil qator xalqaro, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar va malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda hamda xo‘jalik va grant shartnomalari bajarilmoqda. Markaz qoshida OAK eʼtirof etgan jurnallar ro‘yxatiga kiruvchi “Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish” elektron jurnali taʼsis etilgan.    

    Hozirgi davrda institutning asosiy maqsadlaridan biri dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Shu maqsadda, 2023-yilda institut Janubiy Koreyaning Yongnam universiteti, Tomsk davlat universiteti, V.M.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti hamda qator jahonning yuqori reytinglaridan o‘rin olgan universitetlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.       

Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti kafedralari