Magistratura markazi
Magistratura markazi boshlig'i
Nizamova Nigora Negmatovna
- Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, juma kunlari 15:00 dan 17:00 gacha
- Telefon: 0-366-239-15-23
- Elektron pochta: n-nizomova@samdu.uz
Biografiya
- 1989-1994 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
- 1994-1997 yy. - Samarqand davlat universiteti qoshidagi 1-fizika matematika litseyi о‘qituvchisi
- 1997-1998 yy. - Samarqand davlat universiteti matematika kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi
- 1998-2003 yy. - Samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi aspiranti
- 2003-2014 yy. - Samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi assistenti
- 2014-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi katta о‘qituvchisi
- 2015-2017 yy. - Samarqand davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi katta о‘qituvchisi
- 2017-2017 yy. - Samarqand davlat universiteti optimal boshqarish usullari kafedrasi katta о‘qituvchisi
- 2017-2019 yy. - Samarqand davlat universiteti amaliy matematika va informatika fakulteti dekan о‘rinbosari
- 2019 y. – 2022 - Samarqand davlat universiteti magistratura bо‘limi boshlig‘i
- 2022 y. –h.v. - Samarqand davlat universiteti Magistratura markazi boshlig‘i
Magistratura bo’limining vazifalari:
- Samarqand davlat universiteti mutasaddi kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda faoliyatini muvofiqlashtirish;
- O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo’limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
- Magistratura mutaxassisliklari uchun zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;
- universiteti bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o’rtasida yo’nalish bo’yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
- universitet barcha bo’linmalarining magistrlar tayyorlash bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- magistrlar tayyorlash bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga ko’maklashish;
- magistrantlarga taqdim etilayotgan ta’lim va o’qitish sifatini nazorat qilish;
- magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o’qituvchilarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlarini nazorat qilish, ularni ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish;
- magistraturada mavjud holatni tizimli ravishda tahlil qilish, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni aniqlash;
- magistrlarni kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
- magistrantlarning ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash bo’yicha faoliyatini “Magistratura to’g’risida” Nizomga muvofiq magistrantlarning kalendar ish rejasiga binoan amalga oshirilishini nazorat qilish;
- magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlash
- YaDA sinovlari va magistrlik dissertasiyasi himoyalarining samarali tashkil etishini ta`minlash.
Magistratura talabasining kalendar ish rejasi
Magistrantlarning ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyati dasturi
Mutaxassisliklar kesimida sertifikat
Oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlar ro'yxati
Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxati