Institut direktori

Absanov Ahmad Abdusattarovich

 

  •  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +99866-239-19-40; +99897 396 36 61
  •  Elektron pochta: absanovakhmad@gmail.com

 

Biografiya

  • 1993-1998  Samarqand davlat universiteti talabasi;
  • 1998-1999 Kondintsionerlar bo‘yicha muhandis;
  • 1999-2001 Samarqand davlat universiteti optika va spektroskopiya kafedrasi katta laboranti;
  • 2001-2004 Samarqand davlat universiteti optika va spektroskopiya kafedrasi aspiranti;
  • 2002-2010 Samarqand davlat universiteti optika va spektroskopiya kafedrasi katta laboranti;
  • 2009-2012 Samarqand davlat universiteti doktoranti;
  • 2013-2015 Samarqand davlat universiteti magistratura bo‘limi uslubchisi;
  • 2015-2017 Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekan o‘rinbosari;
  • 2018-2021 Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekani;
  • 2021-2023 Samarqand davlat universiteti optika va spektroskopiya kafedrasi dotsenti;
  • 2023- oktyabr oyidan Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti direktori.

INSTITUT HAQIDA

1927-yilda O‘zbek davlat universiteti (hozirgi SamDU) tashkil etilgan vaqtdan boshlab, fizika-matematika fakulteti ham faoliyatini boshlagan edi. Birinchi marta Samarqandda fiziklar tayyorlash ishiga Rossiyadan taklif etilgan olim prof.A.M.Titov rahbarlik qilib, 1933-yilda A.Yu.Pedder va N.P.Kuznesovlar bilan birgalikda «Umumiy fizika», 1935-yilda «Optika va nazariy fizika» kafedralarni tashkil etgan edi.

1933-yilda prof.A.M.Titov rahbarligida birinchi marta Quyosh energiyasidan foydalanish (Geliofizika) bo’yicha ilmiy ishlar olib borishdi va uning rahbarligida 1935-yilda K.T.Abdirashidov, A.G.Kochnevlar, 1936-yilda A.N.Tekuchyov, S.U.Sultonov, Muso Mo’minovlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar.

Fizika fanining rivojida prof. Muso Mo‘minovning xizmatlarini alohida e’tirof etish kerak. U 1944-yilda O‘zbek Davlat universitetiga rektorlik qilish bilan birga «Nazariy fizika» kafedrasi mudiri lavozimini ham bajardi va «Umumiy fizika», «Optika» kafedralarini tashkil etdi. 1951-yilda M.Mo‘minov, H.Haydarov bilan birga birinchi marta o‘zbek tilida «Molekulyar fizikadan» laboratoriya va o‘quv qo‘llanmalarini yaratdi.

1961-yil avgustda fizika-matematika fakulteti tarkibidan fizika fakulteti alohida ajralib chiqdi va fizika fani rivojida yangi davr boshlangan edi. 1959-yilda A.Q.Otaxo‘jayev (keyinchalik O‘zFA akademigi) Optika kafedrasiga mudir bo‘lib tayinlanishi, SamDUda Optiklar maktabining shakllanishiga olib keldi.

Fakultetda uzoq yillar davomida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida hozirgi kunda 6 ta ilmiy maktab yaratildi. 1.Optika (Asoschisi va ilmiy rahbari akademik A.Q.Otaxo’jayev), 2. Yadro fizikasi (Asoschisi prof. Muso Mo‘minov), 3. Magnetizm (Asoschisi va ilmiy rahbari prof.O.Quvondiqov), 4. Kosmos fizikasi va astrofizika (Asoschisi va ilmiy rahbari prof.B.Maxmudov), Nochiziqli optika yo’nalishi (Asoschisi va Ilmiy rahbari prof.L.M.Sobirov) va Molekulyar lyuminesensiya yo‘nalishi (Asoschisi va Ilmiy rahbari prof.N.Nizomov).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5032 qarori hamda 2022-yil 13-yanvardagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-82 qarori asosida SamDUda fizika fakulteti negizida Muhandislik fizikasi instituti tashkil etildi.  

Institutda 6 ta mutaxassislik kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda: Optika va spektroskopiya (kafedra mudiri PhD .G’.Sharifov), Umumiy fizika (kafedra mudiri dos.R.Rajabov), Nazariy fizika va kvant elektronika (kafedra mudiri prof.N.Eshqobilov), Qattiq jismlar fizikasi (kafedra mudiri dos.S.Axrorov), Yadro fizikasi va Astronomiya (kafedra mudiri dos.R.M.Eshbo’riyev), Nazariy va amaliy mexanika (kfedra mudiri prof. X.Xudoynazarov). Shuningdek, 2022-2023-o’quv yilidan boshlab, institutda yangi yo’nalishlarda jumladan,  Elektronika va asbobsozlik;  Intellektual muhadislik tizimlari; Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi; Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish; Tibbiyot fizikasi; Mexanika va matematik modellashtirish  yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Institutda ta’kidlab o’tilgan  yo’nalishlar  bo’yicha 1000 dan ko’proq talabalar tahsil olmoqdalar va 50 nafardan ortiq malakali magistr mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Institutda ilmiy salohiyat 74%ni tashkil qiladi, kafedralarda 1 nafar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, 17 nafar fan doktorlari, professorlar, 35 nafar fan nomzodlari, dosentlar hamda 16 nafar katta o’qituvchi, assistentlar bilan birgalikda 10 nafar xorijiy professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.

        MALAKA TALABLARI

  1. 60530900-  Fizika(kunduzgi, kechki)
  2. 60531200-Tibbiyot fizikasi
  3. 60711200-Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha)
  4. 60711600-Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  5. 60720800-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
  6. 60531000-Mexanika va matematik modellashtirish

        MAGISTRATURA

  1. 70530901 - Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
  2. 70530902 - Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qo‘llash sohalari bo‘yicha)
  3. 70711201 - Elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar bo‘yicha)
  4. 70711801 - Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar (qo‘llanish sohasi bo‘yicha)
  5. 70720801 - Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish bo‘yicha)
  6. 70711601 - Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  7. 70531001 - Mexanika va matematik modellashtirish

Yetakchi olimlar

Muhandislik fizikasi instituti kafedralari