Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor

Negmatova Shaxzoda Shuxratovna

Biografiya

2001 - 2005 yy. - Samarkand davlat universiteti talabasi
2005 - 2007 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti
2007 - 2010 yy. - Samarqand davlat universiteti milliy g‘oya, falsafa va fan metodologiyasi kafedrasi aspiranti
2010 - 2011 yy. - Samarqand davlat universiteti milliy g‘oya, falsafa va fan metodologiyasi kafedrasi assistenti
2011 - 2014 yy. - Samarqand davlat universiteti milliy g‘oya va falsafa kafedrasi assistenti
2014 - 2015 yy. - Samarqand davlat universiteti katta ilmiy xodim–izlanuvchisi
2015 - 2016 yy. - Samarqand davlat universiteti milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri 
2016 - 2017 yy. - Samarqand davlat universiteti milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti
2017 - 2020 yy - Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasi dotsenti
2020.01.02.-10.09  - Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasi professori
2020.10.09.- 2022-y. -   Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti dekani

2022 y. - h.v Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor

 

Vazifalar

  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida o’quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy- tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo’limlar, kafedra mudirlari va pedagog o’qituvchilarning to’liq bilishini ta’minlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko’rsatmalarini, o’quv-tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo’yicha universitet Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilg’or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o’rganish, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Faoliyat yo’nalishi bo’yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • O’quv jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Bo’limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • O’tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o’qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
  • O’quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, universitet uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • O’quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to’plamlarini universitet xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to’ldirib turish bo’yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • Professor-o’qituvchilar va o’quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo’yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo’limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
  • Bo’sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo’yicha takliflar tayyorlash, professor-o’qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • O’quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko’rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo’yicha takliflar tayyorlash;
  • Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo’yicha takliflar tayyorlash;
  • Kafedralar, fakultet va bo’limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o’tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
  • Oliy ta’lim muassasalari bilan o’quv-uslubiy yo’nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o’qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • O’rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
  • Samarqand davlat universitetini o’rnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan o’tkazish, tashqi attestasiyaga tayyorlash va o’tkazishda faol ishtirok etish.