Axborot xizmati
Axborot xizmati rahbari
Hamroyev Farrux Hamidullayevich
- Qabul vaqti: Har kuni 08:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +998 66 2391725
- Elektron pochta: farrux.hamroyev@gmail.com
Biografiya
1970-yil Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanida tug’ilgan.
1985-1988 y.y Kattaqo‘rg‘on tuman A.Mo‘minov nomli bolalar oromgohida bog‘ ishchisi.
1988-1993 y.y Samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi.
1992-1993 y.y Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta laboranti.
1993-1996 y.y Samarqand davlat universiteti kunduzgi bo‘lim aspiranti.
1996-1998 y.y “Samarqand” o‘quv metodik studiyasi muharriri.
1998-1999 y.y O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mudiri.
1999-2005 y.y “O‘zbekiston ovozi” gazetasi ma’naviyat bo‘limi mudiri
2007-2008 y.y O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Madaniyat matbuot va ijodiy tashkilotlar ishlari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining bosh konsultanti.
2008-2011 “O‘zbekiston ovozi” gazetasi Bosh muharriri o‘rinbosari.
2011-2020 “O‘zbekiston ovozi” gazetasi Bosh muharririning birinchi o‘rinbosari.
2020- h.v Samarqand davlat universiteti Matbuot xizmati rahbari.
Axborot xizmati rahbarining vazifalari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va universitet rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Keng jamoatchilikni universitetning faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
Ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
Universitetning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
Universitetning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.