Qurilish-ta'mirlash ishlari bo'yicha prorektor

Shukurov Shavkat Shukurovich

  •  Qabul vaqti: Shanba 14:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998 99 576 11 49
  •  Elektron pochta:

Biografiya

  • 1987-yil Qo'shrabot tumanida tug'ilgan;
  • 1994-2003-yillar Qo‘shrabot tumanidagi 45-sonli o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi;
  • 2003-2006-yillar Samarqand bank kolleji talabasi;
  • 2013-2021-yillar  Samarqand baholash va konsalting markazi MCHJ hisobchisi;
  • 2017-2021-yillar Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti talabasi;
  • 2021-2022-yillar Samarqand davlat universiteti bosh auditor, bosh muhandis;
  • 2022-yildan hozirgi vaqtgacha qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha prorektor.

 

Vazifalar

  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim hamda Qurilish vazirligining tegishli qaror va topshiriqlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko’rsatmalarini, qurilish-tamirlash jarayonlariga oid masalalar bo’yicha universitet Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Universitet qoshida yangi o’quv binolari, laboratoriya, sport inshootlari, yotoqxona va boshqa binolarni qurilishi yuzasidan loyiha takliflari ishlab chiqish.
  • Ishlab chiqilgan loyiha takliflarini rahbariyat va yuqori turuvchi tashkilotlar hamda tegishli vazirliklarga taqdim etish;
  • Universitet tasarrufidagi barcha binolarni yangi o’quv yiliga tayyorlash, bunda mavjud binolarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borilishini tashkil etish;
  • Binolarning qurilish-ta’mirlash jarayonida qurilishga ishatiladigan materiallarning sifatini nazorat qilish hamda qurilish-montaj ishlarida zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanishni ta’minlash;
  • Binolarda olib boriladigan qurilish-montaj ishlari uchun tayyorlanadigan barcha hujjatlarni qonun talablari asosida bajarilishini nazorat qilish;
  • Universitet tasarrufidagi barcha binolarda kuz-qish mavsumining betalofat o'tkazishini ta’minlash bo’yicha zaruriy choralar ko’rish. Bunda binolarning tom qismi, isitish tizimi, eshik va deraza romlarining texnik holatlarini to’liq o’rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini olib borilishini tashkil etish;
  • Muassalarda olib boriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatini va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash;
  • Faoliyat yo’nalishi bo’yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;