Rahbariyat
Samarqand davlat universiteti rektori
Xalmuradov Rustam Ibragimovich
- Qabul vaqti: Juma 16:00 dan 18:00 gacha
- Telefon: 0366-239-11-40
- Elektron pochta: rektor@samdu.uz
Biografiya
- 1949-yilda Samarqand shahrida tug'ilgan;
- 1967-1972-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti talabasi;
- 1973-1977-yillar - Kiyev avtomobil yo'llar instituti ilmiy izlanuvchisi, aspiranti;
- 1977-1978-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti temirbeton va tosh qurilmalari kafedrasi assistenti, katta o'qituvchisi;
- 1978-1986-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti metal, yog'och plastmassa qurilmalari kafedrasi mudiri;
- 1986-1988-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti qurilish fakulteti dekani;
- 1988-1989-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ilmiy ishlar bo'yicha prorektori;
- 1989-1997-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti rektori;
- 1997-1999-yillar - O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari;
- 1999-2003-yillar - Samarqand davlat universiteti rektori;
- 2003-2004-yillar - Samarqand viloyati hokimi;
- 2004-2004-yillar. - Samarqand davlat universiteti rektori;
- 2016-yil sentabrdan hozirgi vaqtgacha Samarqand davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor;
- 2017-yil - "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan;
- 2022-yildan - O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi.
Vazifalari
Oliy ta’lim muassasasi rektori lavozim vazifalari:
- O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo’lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
- Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
- Samarqand davlat universitetida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
- Samarqand davlat universiteti tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo’linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
- Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo’llash;
- Samarqand davlat universiteti daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
- Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o’zaro integratsiyasini ta’minlash;
- Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o’quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o’quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
- O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilish, xodimlar va talabalarda milliy g’oyani shakllantirish;
- Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi, izlanuvchi universitetga qabul qilish, o’qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
- Professor-o’qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
- Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko’rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
- Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o’quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg’ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
- Samarqand davlat universitetida mutaxassislar tayyorlanadigan yo’nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, o’quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo’naltirib borish;
- Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo’nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o’rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
- Samarqand davlat universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, universitet Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, universitetning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo’linmalarini tashkil etish, tugatish, o’zgartirish;
- Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo’shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
- Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
- Ta’lim jarayonini boshqarish bo’yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.